Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

OCHL 2019-2020 yillar uchun O‘zbekistonga 1+2 kvota ajratdi

OCHL 2019-2020 yillar uchun O‘zbekistonga 1+2 kvota ajratdi

Baho:
+ | -

Osiyo Futbol Konfederasiyasi tashkilotga a’zo mamlakatlar assosiasiyalaridan kelasi ikki mavsum davomida qit’aning klublar miqiyosidagi nufuzli musobaqalari Osiyo Chempionlar Ligasi hamda OFK kubogida qatnashadigan klublar soniga aniqlik kiritib oldi va bu haqda 46 ta a’zo assosiasiyalarini xat orqali xabardor qildi.

Unga ko‘ra, 2019-2020 yillarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionlar Ligasida O‘zbekistonga 1+2 ko‘rinishida yo‘llanmalar ajratildi. Xatda qayd etilishicha, mazkur yo‘llanmalar OFKning 2017 yil 15 dekabrdagi sirkulyarida belgilangani kabi OFK klublar o‘rtasidagi musobaqalar reytingiga asoslandi va bunda milliy terma jamoa natijalari 10 foiz ulushni, klublarning OFK musobaqalaridagi natijalari esa 90 foiz ulushni tashkil etdi. 

OFKning klublar o‘rtasidagi musobaqalar reytingi qit’a chempionlar ligasi hamda OFK kubogida mamlakatlar klublarining muvaffaqiyatli ishtirokiga qarab yangilab boriladi. 2019-2020 yillar uchun kvotalar ajratilgan dastlabki reytingda O‘zbekiston 43.305 reyting ochkosi jamg‘argan holda Osiyoda 9-o‘rinda qayd etildi. G‘arb mitaqasida BAA, Saudiya Arabistoni, Qatar va Erondan so‘ng 5-o‘rin band etildi. Bu esa O‘zbekiston chempionining kelasi ikki yil davomida OCHL guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olishini ta’minlaydi. O‘zbekiston kubogi sohibi hamda Superligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritadigan jamoalar esa OCHL saralashining ikkinchi bosqichidan kurashga kirishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Ta’kidlash joizki, OFK klublar o‘rtasidagi musobaqalar reytingidan kelib chiqqan holda yo‘llanmalarni taqsimlab chiqdi. Qaysidir a’zo mamlakat assosiasiyasi klublari biror sabab bilan (masalan, lisenziyalashdan o‘ta olmay) qit’a miqiyosidagi musobaqalardan chetlashtirilsa, yo‘llanmalar sonida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. Shu sababdan OCHL hamda OFK kubogi qatnashchilari yo‘llanmalarining yakuniy ro‘yxati dekabr oyi boshida OFK tomonidan e’lon qilinadi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:57, 23.09.2018.
O'qildi: 8103 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.