“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya chempionati 5-turidan o‘rin olgan “Frozinone”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi.
“Bizni qiyin o‘yin kutib turganini bilgandik. Sabr qildik va o‘z imkoniyatimizni kutdik.
Dibala? U yana ham ko‘proq o‘ynashni istaydi. U bugun o‘zini yaxshi his etdi, biroq bu uning eng yaxshi o‘yni emas”, deydi Allegri.