Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 16:00 Vyetnam 2-0 Iordaniya
06/01 19:00 Saudiya Arabistoni 1-0 Qirg‘iziston
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar - BAA
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Andrey Shipilov: «Namanganda ochko olish ijobiy natija»

Andrey Shipilov: «Namanganda ochko olish ijobiy natija»

Baho:
+ | -

Superliga 24-turi doirasidagi “Navbahor” – “Metallurg” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Andrey Shipilov va jamoa darvozaboni Javohir Ilyosov ishtirok etib, o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Andrey Shipilov (“Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi): - Raqibimiz o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchramaydigan jamoa bo‘lganligini yaxshi bilganimiz uchun mazkur o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rgandik. Bu esa o‘z mevasini berib, Namanganda qimmatli bir ochkoni qo‘lga kiritdik. Ta’kidlash joizki, bu biz uchun ijobiy natija.

Joriy mavsumning birinchi bosqich bahsida Namanganda yirik hisobda imkoniyatni boy bergandik. O‘sha o‘yindan ham kerakli xulosalar chiqardik. Uchrashuvda ham namanganliklar yaxshi o‘yin namoyish etib, ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi.  Masalan, mezbonlar tarkibida Azizbek Turg‘unboyev, Sherzod Karimov va Davron Hoshimov maydonda boshqalardan ajralib turishdi.

Karimov va Hoshimovni sobiq “paxtakorchilar” bo‘lishgani uchun maqtamayapman. Shunchaki, ular yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Lekin darvozabonimiz va himoyachilar ularga imkoniyat berishmadi. “Navbahor” vakillari esa vaziyatlardan samarali tarzda foydalana olishmadi. “Navbahor” jamoasiga keyingi uchrashuvlarda omad yor bo‘lishini tilayman.

Javohir Ilyosov (“Metallurg” jamoasi darvozaboni): - Maydonda murabbiylarimizning ko‘rsatmalarini amalga oshirishga harakat qildik va Namanganda bir ochko olishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan xursandmiz va keyingi uchrashuvlarda ham yaxshi o‘yin namoyish etishga intilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:32, 24.09.2018.
O'qildi: 2011 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.