Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Intervyu. Alessandro Nesta: «O‘z yo‘limdan borsam, bas»

Intervyu. Alessandro Nesta: «O‘z yo‘limdan borsam, bas»

Baho:
+ | -

Italiya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Alessandro Nesta hozirda kamtarin «Perudja»ga ustozlik qilmoqda.

Yosh mutaxassis Radio Radioga bergan intervyusida Umbriya hududidadagi ilk tajribasi, «Milan» va «Lasio»ga oid dolzarb mavzular xususida fikr bildirdi.

«PERUDJA»DAGI ISHI

- Murabbiylik sohasida chinakam start olish uchun munosib klub tanladim, menimcha. Ayni holatda «Perudja»ni boshqarish asnosida murabbiylik tajribamni bemalol oshirishim mumkin.

«LASIO»GA MUNOSABAT

- Shaxsiy fikrimcha, rimliklar kuchli to‘rtlikdan joy olishga qodirlar. Bunga o‘tgan mavsum ham guvoh bo‘ldik. Joriy chempionat boshidagi nisbiy omadsizlikni noqulay taqvimga bog‘lash mumkin. Acherbi va de Vrey? Ularning asli qanday saviyaga ega ekanliklarini vaqt ko‘rsatadi. «Lasio»ga ustozlik qilish?

Avvalo, «Perudja»da samarali ishlashim, qimmatli tajriba to‘plashim lozim. «Lasio» - buyuk jamoa. Albatta, shunday klubni boshqarishga munosib darajada malaka to‘plashni istayman. Menimcha, «Lasio»dek jamoani boshqarish ko‘pchilik uchun orzu bo‘lsa kerak.

«MILAN»GA O‘TISH...

- Bu haqda ko‘p gapirganman. «Lasio»dan ketish o‘zim uchun ham, tiffozilar uchun ham og‘ir bo‘lgandi. Yangi jamoada dastlabki 2 oy davomida rosa qiynalganim esimda. Muhimi, professional sportchi ekanligimni unutmay, qattiq ishladim.

Ha, keyinroq «Lasio»ga qaytishim uchun imkoniyat tug‘ildi, ammo «Milan» qo‘yib yubormadi. Boz ustiga, Rim klubining niyati jiddiy emasdek tuyulgandi...

AVVALGI MURABBIYLIK FAOLIYATI

Mayamida o‘zimni juda yengil his etdim - samarali davr va risoladagidek ish. Oilam ham Amerika muhitiga tezda moslashib oldi. Mana, endi Italiyaga jiddiy rejalar bilan qaytdim.

Safdoshlarimdan Gattuzo va Inzagi top-klublarda ishlashga ulgurishdi. Umuman, boshida AQSHda ishlab ko‘rganimdan aslo afsuslanmayman. Professional mahoratimni oshirish asnosida bosqichma-bosqich o‘z yo‘limni yaratsam, bas.

ITALIYA TERMASI MUAMMOLARI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:28, 25.09.2018.
O'qildi: 1777 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.