Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkentda totalizator o‘ynab qarzga botgan shaxs qotillikka qo‘l urdi

Toshkentda totalizator o‘ynab qarzga botgan shaxs qotillikka qo‘l urdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Totalizator o‘ynab biri qotilga aylandi, ikkinchisi ayolidan ayrildi Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. G‘.Kuliboyev hali o‘ttizga ham kirmagan. Doimiy ish joyiga ega emas, tirikchilik uchun turli joylarda ishlab yurgan yigit qiyinchilik bilan topgan pullarini totalizatorda o‘ynab kelgan. 

U 2014 yilning oxirlaridan buyon poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Maxsustrans” korxonasiga qarashli yuk avtomashinalarini yuvish shoxobchasida norasmiy ravishda ishlab yurgan. Tanishi YE.Radchenko uning mazkur o‘yinda qatnashishi uchun naqd pullarini olib, uni elektronlashtirishga ko‘maklashib kelgan. U ishdan bo‘sh vaqtlarida internet kafelarda “Web money” orqali sport musobaqalariga pul tikib totalizator o‘ynagan. O‘z topgan pullarini behudaga sovurib ham ko‘ngli xotirjam bo‘lmagan Kuliboyev tanish-bilishlardan ham qarz olib ushbu o‘yinda qatnashgan. 

2018 yilning aprel-may oylarida ish faoliyati davomida topgan 2 million 300 mingdan ortiq pulini va tanishi B.Toshpo‘latovdan olgan 200 AQSH dollarini ham elektron hisobiga o‘tkazib, o‘yin o‘ynagan va yutqazgan. 

Tanishlari pulni so‘rayvergach, yigit o‘zi istab-istamay qotilga aylandi. 

2018 yil 7 iyun. G‘.Kuliboyev tanishi YE.Radchenkoga qo‘ng‘iroq qilib, elektron hisobiga pul tushirish niyati borligini aytib, uni ko‘chaga chiqishga ko‘ndiradi. 

U bu xonadonda hamisha naqd pullar bo‘lishini, qayerda saqlanishini yaxshi bilgan. Sherigi uydan chiqqanini ko‘rgan yigit o‘z rejasini amalga oshirish uchun uning xonadoniga kiradi. Oshxona pichog‘i bilan xonadon bekasi L.Radchenkoning 18 joyiga jarohat yetkazadi. Pullarni olib uydan chiqib ketadi. 

O‘g‘irlangan pullar evaziga qarzini to‘lagach, yana hech narsa bilmagandek yuraveradi. Ammo tezkor surishtiruv natijasida uning siri fosh bo‘ldi. O‘z aybini tan olgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi, 164-moddasi 3-qismi “v, g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 18 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. 

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 11:13, 29.09.2018.
O'qildi: 5727 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.