Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus 0-3 Lasio
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

Toshkentda murabbiylarning bilimlarini yangilash kurslari boshlandi

Toshkentda murabbiylarning bilimlarini yangilash kurslari boshlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda futbol murabbiyligi sohasini rivojlantirish, ularning kasbiga bo‘lgan qiziqishini orttirish, ularning malakasini muntazam oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘FA tomonidan Andijon hamda Namangan viloyatlarida murabbiylarning kasbiy malakasini oshirish, murabbiylik sohasidagi yangiliklar bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida bilimlarni yangilash o‘quv kurslari tashkil qilingani haqida xabar bergan edik.

Murabbiylar bilimlarini yangilash kurslarining navbatdagisi Toshkent shahrida start oldi. O‘quv kurslari O‘FA instruktori Dmitriy Kim tomonidan olib borilmoqda. Unga instruktor assistenti Yuriy Arslanov hamda koordinator Davletmuratov Oybek yordam berishmoqda.

Yangi tizimga ko‘ra, bilimlarni yangilash o‘quv kurslari 2 moduldan iborat bo‘lib, 1-modul 5 kun davom etadi. 5 kun davomida murabbiylar futboldagi yangiliklardan xabardor qilinadi. So‘ngra murabbiylar bir oy davomida o‘rgangan bilimlarini ish joylarida amalda tadbiq qilishadi. 1 oylik muddat nihoyasiga yetgach, 2-modulga start beriladi va u 4 kun davom etadi. 4 kunlik muddat davomida murabbiylar amaliy hamda nazariy imtixonlar topshirib, ularga yuklatilgan vazifalarni prezentasiya tarzida himoya qilishadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:54, 03.10.2018.
O'qildi: 1926 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик