Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

«Tottenxem» «Barsa»ga yutqazdi, «Inter»da g‘alaba

«Tottenxem» «Barsa»ga yutqazdi, «Inter»da g‘alaba

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turidan o‘rin olgan «Tottenxem» – «Barselona» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Uembli»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yinning ilk daqiqalaridayoq mehmonlar oldinga chiqib olishdi: Lionel Messi markazdan uzatmani amalga oshirdi va Xordi Albani qulay vaziyatga olib chiqdi, to‘pga chiqqan Ugo Lyorisning xatosidan unumli foydalangan himoyachi to‘pni markazdagi Filippe Koutinyoga uzatdi. Braziliyalik futbolchi qulay vaziyatdan bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

28-daqiqada Koutinyo jarima maydoni ichidan to‘pni ortga qaytardi, u yerda Ivan Rakitich to‘pga to‘xtatmasda zarba berib chiroyli golga muallif bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim ham kataloniyaliklarning ustunligida boshlandi, biroq gol uish mezbonlarga nasib qildi. Erik Lameladan uzatma qabul qilib olgan Xarri Keyn jarima maydoniga yorib kirdi va himoyachini chiroyli tarzda aldab o‘tib, darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay mehmonlar javob qaytarishdi: Alba chap qanotdan tezlik oldi va to‘pni jarima maydoni markaziga uzatdi, u yerda Messi osonlik bilan hisobni oshirdi.

66-daqiqada Erik Lamela jarima maydoni tashqarisida zarba berdi, Kleman Langlega tekkan to‘p ter Stegen darvozasidan joy oldi. O‘yin yakunlanishi arafasida raqib jarima maydonija yolg‘iz qoldirilgan Messi o‘yinga nuqta qo‘ygan golga mualliflik qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida  «Inter» Eyndxovenda PSV mehmoni bo‘ldi. Dastlab mezbonlar oldinga o‘tib olishdi, biroq keyinchalik Raja Nayngolan va Mauro Ikardining gollaridan so‘ng milanliklar g‘alabani ilib ketishdi.

Shu tariqa, guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish oldi: 1. «Barselona» (6 ochko); 2. «Inter» (6); 3. «Tottenxem» (0); 4. «PSV» (0).

 

YECHL, 2-tur

Tottenxem Angliya – Barselona Ispaniya 2:4 (0:2, 2:2)

Gollar: 0:1 – 2 Koutinyo, 0:2 – 28 Rakitich, 1:2 – 52 Keyn, 1:3 – 56 Messi, 2:3 – 66 Lamela, 2:4 – 90 Messi.

Tottenxem – Lyoris, Trippyer, Sanches, Devis, Alderveyreld, Lukas Moura, Vanyama (Dayer, 57), Lamela (Lyorente, 79), Uinks, Keyn, Son Hin Min (Sissoko, 66).

Barselona – ter Stegen, Nelson Semedu, Langle, Alba, Pike, Rakitich, Artur (Vidal, 87), Buskets (Vermalen, 90), Koutinyo (Rafinya, 83), Suares, Messi.

Ogohlantirishlar: Alderveyreld (14), Vanyama (41), Lamela (43), Artur (59), Buskets (71), Keyn (74).

 ***

PSV Gollandiya – Inter Italiya 1:2 (1:1, 061)

Gollar: 1:0 – 27 Rosario, 1:1 – 44 Nainggolan, 1:2 – 60 Ikardi.

PSV – Zut, Virgever, Shvaab, Tasende, Dumfris, Pereyro (Malen, 75), Rosario, Losano, Xendriks, Bergveyn, de Yong.

Inter – Xandanovich, Shkrinyar, de Vrey, D`Ambrozio, Asamoa, Nainggolan (Valero, 86), Vesino, Brozovich, Perishich, Politano (Kandreva, 90), Ikardi.

Ogohlantirishlar: Xandanovich (41), D`Ambrozio (45), Asamoa (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:04, 04.10.2018.
O'qildi: 11455 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик