Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasiga yangi rahbar saylandi

Baho:
+ | -

Bugun, 4 oktyabr kuni O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasida navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, assosiasiya Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, assosiasiyaning viloyat bo‘limi rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa a’zolari ishtirok etishdi

Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylash edi. Ushbu lavozimga Ahmadjon Amindjanovich Rahimov nomzodi ilgari surildi. Yig‘ilganlar ko‘rsatilgan nomzodini qo‘llab-quvvatlashdi va yakunda Ahmadjon Rahimov O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasining raisi etib saylandi.

Konferensiya davomida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov so‘zga chiqib, taekvondo yurtimizda rivojlanib borayotgan sport turi ekanligi, birgalikda ishlab yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligi haqida gapirdi.

Yangi saylangan rahbar ham o‘z o‘rnida hamjihatlikda faoliyat olib borib, yurtimiz dovrug‘ini ko‘klarga ko‘tarish lozimligini qayd etib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Ahmadjon Rahimov 1975 yilda tavallud topgan. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan. Oilali. Uch farzandning otasi.

Qayd etish lozimki, yangi rahbariyat oldida u qadar oson bo‘lmagan vazifa turibdi. Ya’ni, O‘zbekistonda taekvondo sport turini yanada rivojlantirish, ommalashtirish, sportchilarni nufuzli musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishi, shuningdek muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash lozim bo‘ladi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi bu yo‘lda O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasining yangi rahbariyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:17, 04.10.2018.
O'qildi: 2409 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик