Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi «Lokomotiv»ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi «Lokomotiv»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Otabek G‘ulomxo‘jayev murabbiyligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa oldidan Toshkentda yig‘inga kirishgani hamda ushbu yig‘in doirasida “Lokomotiv” klubining o‘rinbosarlariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. 

Bugun 5 oktyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” sport stadionida tashkillashtirilgan o‘yin nihoyasiga yetdi. Murosasiz kechgan bahsda 2-0 hisobida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi g‘alaba qozondi. 

Gollarni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi tarkibida Jasur Jaloliddinov hamda Ulug‘bek Xoshimovlar kiritishdi. Otabek G‘ulomxo‘jayev jamoasi 8 oktyabr kuni Ispaniyaga jo‘nab ketadi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Malagada bo‘lib o‘tadigan musobaqada O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Fransiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so‘nggi o‘yin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 19:54, 05.10.2018.
O'qildi: 4650 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик