Kirish Ro'yxatdan o'tish

2030 yilgi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi! Kelishuv deyarli yakunlandi

2030 yilgi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi! Kelishuv deyarli yakunlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

Avvalroq O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov Argentinada o‘smirlar o‘rtasidagi III yozgi Olimpiya o‘yinlari musobaqasi oldidan bir qator muhim shaxslar bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik.

MOQ Bosh kotibi «Olympism in action» («Olimpizm harakatda») forumida Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi prezidenti Shayx Ahmad al Fahad al Sabax bilan uchrashuv o‘tkazdi.

MOQ Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar uchrashuvda 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini muhokama qilgan. Al Sabax yaqin vaqtlar ichida O‘zbekistonga keladi va bu mavzu bo‘yicha alohida uchrashuv tashkil qiladi.

Shuningdek, Jasur Matchanov Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax bilan ham uchrashib, O‘zbekistonning XOQ forumlariga, nufuzli tadbirlariga mezbonlik qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqish masalasini muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari Indoneziya mamlakatida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston sport delegasiyasi nufuzli 5-o‘rinni egalladi va tarixida birinchi marta shunday yuqori natijani qayd etdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:53, 05.10.2018.
O'qildi: 7075 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.