Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Paraosiyo o‘yinlarida vakillarimiz muvaffaqiyatli start olishdi

Paraosiyo o‘yinlarida vakillarimiz muvaffaqiyatli start olishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Indoneziyaning Jakarta shahrida III Paraosiyo o‘yinlari boshlanganligi haqida xabar bergandik. Bugun musobaqalarga rasman start berildi.

Birinchi kungi bahslarda bir qator sportchilarimiz bahslarga kirishishdi. Quvonarlisi, ularning to‘rt nafari sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.

Medallarning barchasi suzish bahslarida qo‘lga kiritildi. Erkaklar o‘rtasida S13 yo‘nalishida 400 metrga erkin suzish bo‘yicha ishtirok etgan Dmitriy Xorlin barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibiga aylandi.

Undan keyin esa marraga Islam Aslanov yetib bordi va kumush medalga ega chiqdi. Huddi shu yo‘nalishning ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida ham oltin va kumush medallar hamyurtlarimizga nasib qildi.

Shohsanamxon Toshpo‘latova marraga birinchi bo‘lib yetib bordi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Undan keyingi natijani qayd etgan Fotimaxon Amilova esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning birinchi kunidan so‘ng so‘ng 2 ta oltin, 2 ta kumush medal qo‘lga kiritgan O‘zbekiston delegasiyasi Xitoy va Yaponiyadan so‘ng umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 18:16, 07.10.2018.
O'qildi: 2515 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик