Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Hokim Kanchelskisga ishonch bildirib, zar cho‘pon bilan do‘ppi kiygizdi

Hokim Kanchelskisga ishonch bildirib, zar cho‘pon bilan do‘ppi kiygizdi

Baho:
+ | -

Bugun Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda Namanganning “Navbahor” klubi yangi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskisning tanishtiruv marosimi o‘tkazildi.

Marosim avvalida Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrulla Bozarov so‘z oldi.

Viloyat rahbari o‘z so‘zida jamoaning ikkinchi bosqichidagi ishtiroki haqida fikr bildirib, chempionlik uchun kurashayotgan klub futbolchilari “Metallurg” va “Bunyodkor” jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlardagi kabi harakat qilmasliklari lozimligini ta’kidladi.

Natijaga bevosita murabbiy javob berishini aytib, Ilhom Mo‘minjonovning “Navbahor” klubining ijobiy natijalarni qo‘lga kiritishida xizmatlari borligini e’tirof etdi. Ilhom Mo‘minjonovga jamoadagi faoliyati uchun rahmat aytib, murabbiyning “Navbahor” bilan xayrlashganligini bildirdi.

Viloyat hokimi, jamoa natijalarini yaxshilash maqsadida bosh murabbiy sifatida  futbol olamida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan Andrey Kanchelskisni taklif etilganligini aytib, muxlislarga yangi bosh murabbiyni tanishtirdi.

Shuningdek, murabbiyni almashtirilishi oson emasligini aytib, yuqori maqsad sari ildamlashda orqaga yo‘l yo‘qligini bildirdi. Yetakchi futbolchilar bilan suhbatlar chog‘ida, ular chempion bo‘lish ekanligini bildirishgani, jamoani o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirish uchun bor kuch va mahoratlarini ishga solishga va’da berganliklarini ma’lum qildi. Yangi bosh murabbiyga omad tilab, jamoa a’zolaridan chempionlik uchun oxirigacha kurashishni so‘radi.

Shundan so‘ng Kanchelskisga o‘zbek urf-odatlariga ko‘ra zar cho‘pon va do‘ppi sovg‘a qilindi. So‘zga chiqqan Kanchelskis, har bir uchrashuvda g‘alaba uchun harakat qilishga intilishini va bu borada O‘zbekistonda yagona bo‘lgan namanganlik muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlariga ishonch bildirdi.

Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ham so‘zga chiqib, jamoada yaxshigina tarkib yig‘ilganligini aytib, maqsad sari olg‘a intilish lozim ekanligini ta’kidladi. Jamoaning  eng katta yutuqlaridan biri sifatida 12-o‘yinchi muxlislar ekanligini ham alohida e’tirof etdi.

Tanishtiruv marosimi davomida yig‘ilganlarga “Navbahor” futbol klubning piar direktori sifatida ish boshlagan taniqli aktyor Alisher Uzoqov tanishtirildi.

Marosim davomida Andrey Kanchelskis “Navbahor” klubi bilan rasman shartnoma imzoladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:14, 07.10.2018.
O'qildi: 3830 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик