Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Paraosiyo o‘yinlari. Dzyudochilarimizdan medallar shodasi!

Paraosiyo o‘yinlari. Dzyudochilarimizdan medallar shodasi!

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Paraosiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bir necha daqiqa oldin dzyudo bo‘yicha bellashuvlar nihoyasiga yetdi.

E’tiborlisi, bugun gilamga chiqqan to‘rt nafar dzyudochimizning barchasi shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Sherzod Namozov (-60kg) va O‘tkir Nigmatov (-66kg) oltin, ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Lobar Hurramova (-48kg) kumush, Sevinch Sallayeva (-52kg) bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegasiyasining Paraosiyo o‘yinlaridagi medallari soni 11taga yetdi. Ularning 7tasi oltin, 3tasi kumush va 1tasi bronza medallaridir.

Eslatib o‘tamiz, Paraosiyo o‘yinlari 13 oktyabrgacha davom etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:59, 08.10.2018.
O'qildi: 3451 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик