UFC prezidenti Deyn Uayt Konor MakGregor Habib Nurmagomedov bilan qayta jang qilishni so‘ragani haqida ma’lum qildi.
“MakGregor qo‘ng‘iroq qilib, shu zahotiyoq revansh jangini uyushtirishni so‘radi. Lekin, Habibni ishini hozir Nevada sport komissiyasi muhokama qilyapti. Qarorni kutish kerak. Ko‘ramiz nima bo‘larkin”, - deydi Uayt.