Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Qirg‘izistonda “Farg‘ona vodiysi kubogi” start oldi, “Neftchi” ilk o‘yinda g‘alaba qozondi

Qirg‘izistonda “Farg‘ona vodiysi kubogi” start oldi, “Neftchi” ilk o‘yinda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

9-11 oktyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Batken shahrida qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni sport orqali yanada mustahkamlash maqsadida ilk marta “Farg‘ona vodiysi kubogi” bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Musobaqada Tojikistonning “Xo‘jand”, Qirg‘izistonning “Oloy” va Batken viloyati terma jamoasi, shuningdek, O‘zbekistonning “Neftchi” klublari ishtirok etishmoqda. Bugun “Farg‘ona vodiysi kubogi” start oldi.

Unda ishtirok etayotgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi ilk o‘yinini Batken viloyati terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda “Neftchi” raqibni 7:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

 

Batken – “Neftchi” – 1:7

Bosh hakam: T. Toktoboyev.

Gollar: Razzoqov (46) – Bobur Yuldashev (28, 39), Andrey Sidorov (30), Abdurahmon Abdulxaqov (33), Islom Toshpo‘latov (71), Doston Abduraxmonov (83), Jamshid Qobulov (89).

 

Ta’kidlash joizki, musobaqada asosiy jamoalar bilan birgalikda shuningdek, ushbu klublarning 12 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilari ham o‘zaro g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Ilk o‘yinda farg‘onalik yosh futbolchilar Batken (U-12) jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Ertaga “Neftchi” Qirg‘izistonning “Oloy” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:19, 09.10.2018.
O'qildi: 2704 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик