“Manchester Siti” yarim himoyachi Leroy Sanega yangi shartnoma taklif qiladi.
The Sun nashrining xabariga ko‘ra, “shaharliklar” 22 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokara olib borishga kirishgan.
Gvardiolaning shaxsan o‘zi germaniyalik futbolchini jamoada olib qolish tarafdori. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Sane joriy mavsum barcha turnirlarni hisobga ollsa 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.