Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Jek Grilish Manchesterdagi barlardan birida «qotib qoldi» (foto)

Jek Grilish Manchesterdagi barlardan birida «qotib qoldi» (foto)

Baho:
+-1 | -

Hozirda ijara asosida «Everton» sharafini himoya qilayotgan «Manchester Siti» vingeri Jek Grilish navbatdagi mojaro markazida qoldi. The Sun nashrining xabar berishicha, futbolchi Manchesterdagi barlardan birida do‘stlari bilan dam olayotgan vaqtida uxlab qolgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, do‘stlari uni uyg‘otishga harakat qilishgan, biroq Grilish ichilgan spirtli ichimliklar miqdori tufayli o‘zini nazorat qila olmagan. Ta’kidlash joizki, 30 yoshli futbolchi ayni paytda oyog‘idagi jarrohlik amaliyotidan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Ekspertlarning fikricha, ushbu holat va jarohat tufayli Grilish nafaqat mavsumning qolgan qismini, balki 2026 yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi safida ishtirok etish imkoniyatini ham boy beradi.

Shu yilning mart oyida futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda «yanada kuchliroq bo‘lib qaytish ustida ishlayotgani» haqida xabar qoldirgan edi. O‘shanda u gipsdan voz kechib, maxsus himoya botinkasi va skuter yordamida harakatlanayotganini namoyish qilgandi.

Biroq tiklanish jarayoniga qaramay, Grilish tez-tez ko‘ngilochar tadbirlarda ko‘rinish bermoqda. Jumladan, u yaqinda Rimda «Everton» darvozaboni Jordan Pikfordning rafiqasi tug‘ilgan kunini nishonlash marosimida ishtirok etgan.

Kiritildi: 12:27, 27.04.2026.
O'qildi: 3230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик