Shu yilning 19-20 noyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida Osiyo sport sanoati konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Osiyo Futbol Konfederasiyasi mazkur konferensiya yakunida topshiriladigan Yilning eng yaxshi futbol ligasi mukofoti uchun nomzod mamlakatlar nomini e’lon qildi. Yilning eng yaxshi futbol ligasi 2 ta yo‘nalish bo‘yicha tanlab olinadi.
Osiyoning eng yaxshi ilhombaxsh ligasi uchun 10 ta nomzod mamlakat ichidan O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi ham o‘rin oldi. Qit’amizning eng yaxshi ilhombaxsh ligasi nomi uchun Avstraliya, Xitoy, Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Tailand, BAA hamda O‘zbekiston ligalari da’vogarlik qilmoqda.
Shuningdek, Osiyoning eng yaxshi rivojlanayotgan ligasi nomi uchun ham 10 ta nomzod mamlakat e’lon qilindi. Butan, Guam, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Qirg‘iziston, Filippin, Singapur, Tojikiston hamda Vyetnam rivojlanayotgan liga nomi uchun da’vogarlik qilishadi.
Qayd etish joizki, ushbu 2 ta yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi liga maqomi uchun nomzodlar OFK tomonidan ligada tashkiliy va boshqaruvni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, chempionatni yaxshi saviyada o‘tkazish borasida qit’ada boshqa ligalardan ko‘ra yaxshiroq natija qayd etayotgan mamlakatlar ichidan tanlab olindi.
Nomzodlar tanlanishida asosan menejment, marketing, moliya, o‘yinlar tashkiliy tomonlari hamda ularning OAV tomonidan keng ko‘lamda yoritilishi borasida o‘sishga erishayotgan tashkilotlar yutuqlari inobatga olindi.
Osiyoning eng yaxshi ilhombaxsh ligasi hamda Osiyoning eng yaxshi rivojlanayotgan ligasi yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblarga mukofot 19-20 noyabr kuni Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo sport sanoati konferensiyasi paytida topshiriladi.
Score 90 portali O‘zbekistonning JCHda guruh g‘olibi bo‘lish ehtimolini baholadi (foto) [8607]
Vinisius Yamalni qo‘llab-quvvatladi [2167]
Husanov «Manchester Siti»da Gvardiola bilan ishlash jarayoni haqida gapirdi [1962]
"Barsa" Reshfordni "MYU"dan 30 mln yevroga sotib olishi mumkin bo‘lgan vaqt yakunlandi [1961]
Yamal: "Masxara qilish uchun dindan foydalanish sizni johil va irqchi insonga aylantiradi" [1653]
Ronaldu eng ko‘p daromad qilgan sportchilar ro‘yxatida Messidan ustun keldi [1603]
Donnarumma Bosniya darvozaboni "shpargalkasi"ni yirtib tashladi [1581]
Qozog‘istonlik futbolchi “Barselona” bilan shartnoma imzoladi [1508]
"Barselona" futbolchisi: "Hech qachon "Real"da o‘ynamayman" [1470]













