Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov lavozimini tark etishi mumkin.
Bild nashrining xabariga ko‘ra, Germaniya futbol ittifoqi jamoaning natijalaridan norozi, lekin Lyov Fransiyadan mag‘lub bo‘lsa ham iste’foga chiqarilmaydi.
DFB Lyov Gollandiyaga qarshi uchrashuvga tayyorlanish uchun yetarlicha vaqt bo‘lmaganini hisobga olib, mart oyigacha hech qanday chora ko‘rmaslikga qaror qildi.