Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Superliga-2018: Yirik hisob ketidan…

Superliga-2018: Yirik hisob ketidan…

Baho:
+ | -

Mana, FIFA kunlaridan o‘rin olgan navbatdagi xalqaro o‘yinlar sabab, milliy chempionatlarda yana tanaffus yuzaga keldi. Jumladan, O‘zbekiston Superligasi ishtirokchilari ham 19-20 oktyabr kunlariga qadar «dam» olishadi. Bu vaqtda birinchilikka doir turli statistik ko‘rsatkichlar haqida bemalol gapirish mumkin. Xullas, bugun Superliga-2018da shu kungacha kuzatilgan yirik hisobli g‘alabalarga to‘xtalamiz.

Hozirga qadar Superliga taqvimidan o‘rin olgan 150ta o‘yindan atigi 18tasida raqiblardan biri 3 yoki ko‘proq gol farqi bilan ustun keldi. Oddiy aytganda, chempionatimizdagi 12 foiz uchrashuvda yirik hisobli g‘alaba qayd etildi. Bu borada «Paxtakor»yaqqol oldinda - «sherlar» 5ta «jimjimador» g‘alabaga egalar. To‘g‘ri, ularning 3tasi bitta raqib - «Metallurg» bilan o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan. Umuman, eng yirik hisobli g‘alaba ham aynan Shota Arveladze jamoasiga tegishli. «Paxtakorchilar» 7-tur o‘yinini safarda «Metallurg»ga qarshi o‘tkazib, raqibni 5ta javobsiz gol bilan «siylashgandi» va bu hozircha eng katta farq qayd etilgan uchrashuv bo‘lib qolmoqda. Yana bir tomoni, «sherlar» yirik hisobda g‘alaba qozongan o‘yinlarda o‘z darvozalarini daxsliz saqlashgan. Xullas, shu 5ta o‘yinning umumiy natijasi - 17:0.

«Navbahor»ning yirik hisoblar masalasidagi ishi ham chakki emas: «lochinlar» o‘z maydonlarida 3ta raqib darvozasiga 3tadan javobsiz gol yo‘llashgan. Yaqinda Andrey Kanchelskis qo‘l ostiga o‘tgan jamoa bu borada ikkinchi yaxshi natijaga ega. Binobarin, qolgan klublar ko‘pi bilan 2tadan o‘yinda o‘ta ishonchli hisob qayd etgan. Aniqrog‘i, «Lokomotiv», «Bunyodkor» va «So‘g‘diyona»2tadan uchrashuvni munosib hisobda tugatgan. Yana 4ta jamoa hisobida 1tadan yirik g‘alaba bor, qolgan 3tasi uchun hozircha bunday hisob armon bo‘lib qolmoqda. Shundaylardan biri - «Metallurg»ning naq 4ta o‘yinni xunuk tarzda boy berganini alohida ta’kidlash joiz.  

 

 

«Paxtakor» - 5ta yirik g‘alaba

4-tur: «Neftchi» (o‘z maydonida) - 3:0

 7-tur: «Metallurg» (safarda) - 5:0

18-tur: «Metallurg» (o‘z maydonida) - 3:0

22-tur: «Nasaf» (o‘z maydonida) - 4:0

25-tur: «Metallurg» (safarda) - 3:0

Yirik mag‘lubiyat yo‘q.

 

«Navbahor» - 3ta yirik g‘alaba

 11-tur: «Qizilqum» (o‘z maydonida) - 3:0

 12-tur: «Metallurg» (o‘z maydonida) - 3:0

 15-tur: «Qo‘qon-1912» (o‘z maydonida) - 3:0

Yirik mag‘lubiyat yo‘q.

 

«Lokomotiv» - 2ta yirik g‘alaba

1-tur: «Qizilqum» (safarda) - 3:0

10-tur: «Neftchi» (safarda) - 4:1

Yirik mag‘lubiyat yo‘q.

 

«Bunyodkor» - 2ta yirik g‘alaba

 21-tur: «Nasaf» (safarda) - 4:1

 23-tur: «Buxoro» (o‘z maydonida) - 3:0

 Yirik mag‘lubiyat yo‘q.

 

 «So‘G‘diyona» - 2ta yirik g‘alaba

 14-tur: «Buxoro» (o‘z maydonida) - 3:0

25-tur: «Neftchi» (o‘z maydonida) - 3:0

1ta yirik mag‘lubiyat.

 

«Qo‘Qon-1912» - 1ta yirik g‘alaba

 17-tur: AGMK (o‘z maydonida) - 3:0

1ta yirik mag‘lubiyat.

 

«Buxoro» - 1ta yirik g‘alaba

3-tur: «So‘g‘diyona» (o‘z maydonida) - 3:0

2ta yirik mag‘lubiyat.

 

«QizilQum» - 1ta yirik g‘alaba

 9-tur: AGMK (o‘z maydonida) - 3:0

3ta yirik mag‘lubiyat.

 

AGMK - 1ta yirik g‘alaba

 20-tur: «Qizilqum» (o‘z maydonida) - 3:0

2ta yirik mag‘lubiyat.

 

«Nasaf» - yirik g‘alaba yo‘q

 2ta yirik mag‘lubiyat.

«Neftchi» - yirik g‘alaba yo‘q

3ta yirik mag‘lubiyat.

 «Metallurg» - yirik g‘alaba yo‘q

 4ta yirik mag‘lubiyat.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:07, 17.10.2018.
O'qildi: 2964 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.