O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan har bir viloyatdagi futbol murabbiylarining kasbiy mahorati sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Jami 1500 nafardan ortiq murabbiylardan imtihonlar olingan bo‘lsa, shulardan 400ga yaqin murabbiylarga ikki oy sinov muddati berilgandi. Belgilangan reja asosida, ikki oylik muddatdan so‘ng ulardan qaytadan imtihon olish jarayoni davom etmoqda.
Murabbiylar bilimlarini qaytadan sinovdan o‘tkazish navbati Farg‘ona viloyatiga yetib keldi. Farg‘onalik futbol murabbiylari berilgan muddat davomida qay darajada o‘z ustida ishlaganlari qayti nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, imtihon davomida murabbiylarning mashg‘ulotlar olib borishga qanday tayyorgarlik ko‘rganliklari, konspekt yozish, maydonni mashg‘ulotga tayyorlash, mashg‘ulot davomida bolalarga ko‘rsatmalar berib borish usullari, murabbiyning mashg‘ulot davomida o‘zini tutishi, futbolchilarning mashg‘ulotdagi xatolarini aniqlash, ko‘rsatib borish va o‘sha xatolarni to‘g‘irlash borasida amalga oshiradigan xatti-harakatlari tekshirilmoqda.
Shuningdek, murabbiylarning mashg‘ulot paytida bolalarni nazorat qilib borish uchun pozisiya tanlashdagi bilim va ko‘nikmalari hamda mashg‘ulot davomidagi faolligi ko‘zdan kechiriladi.
Berilgan imkoniyatdan foydalana olmay, imtihonda salbiy natija ko‘rsatgan murabbiylar lisenziyasidan mahrum qilinadi.
Messining rafiqasi Ronalduning sevligisi surati ostida izoh qoldirdi [19864]
«Real» rekord darajadagi transferni yakunlamoqda [4792]
"Real Madrid" hujumchisi jamoadan ketish niyatini e’lon qildi [4446]
«Real» Vinisiusni bir shart bilan sotishga tayyor [3963]
"Real" ikkita yirik transfer uchun 180 million yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflaydi [3479]
APLning yangi mavsumi hali boshlanmay turib tarixga kirdi [2847]
Ronaldu o‘z avtoparkini ko‘rsatdi [2621]
«Barselona» yarim himoyachisi «Inter»ga o‘tishni xohlamoqda [2251]
Obi Mikel «Chelsi» muxlislari Xabi Alonsoni kechirmasligini aytdi [2225]
Fabio Kannavaro: “Mening yillik maoshim 4 mln yevro emas” [2130]













