Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger APL klublarining takliflarini rad etdi. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis bir nechta APL klublarining taklifini rad etgan. U boshqa Angliya chempionatida ishlamoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, 68 yoshli murabbiy 1996 yildan 2018 yilgacha “Arsenal” klubini boshqargan edi.