Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Davron Fayziyev: «Surxon»ni mag‘lub etishimiz shart edi»

Davron Fayziyev: «Surxon»ni mag‘lub etishimiz shart edi»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Surxon» (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- “Dinamo” va “Surxon” o‘rtasidagi oldingi uchta bahs ham murosasiz va shiddatli o‘tgan edi. Bu safar ham o‘yin ancha tomoshabop bo‘ldi. “Surxon” bilan bahsda bu jamoani mag‘lub etib, uch ochko olishimiz shart edi. Aks holda yuqori o‘rinlar uchun kurashdan chetda qolishimiz mumkin edi. Juda muhim g‘alabaga erishdik.

“Surxon”ga qarshi ushbu o‘yinning oldingilaridan farqi shunda bo‘ldiki, avvalgi o‘zaro uchta o‘yinimizda Samarqandda ham, Termizda ham chiroyli o‘ynab, maydonda ustunlik qilgan bo‘lsakda, mag‘lub bo‘lgandik, Termizda durang o‘ynab ochko yo‘qotgandik.

Bu safar tengkurashlar ostida, maydonda katta ustunlikka erishmay, so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdik. Umuman olganda, omad bugun biz tomonda bo‘ldi. Sababi, “Surxon” jarima zarbasidan keyin hisobni ochishga yaqin edi – to‘p darvoza to‘siniga tegdi.

Qolaversa, ikkinchi bo‘limda yaqqol golli vaziyatni himoyachi va darvozabonimiz bartaraf eta olishdi. Yakunda esa futbolchilarimiz yaxshi imkoniyat yaratib, golga aylantirishdi.

Avvalgi gapimni yana takrorlayman, biz har qanday holatda ham Superliga yo‘llanmasi uchun oxirigacha kurashishda davom etamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 08:57, 23.10.2018.
O'qildi: 2792 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.