Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

«Navbahor»ga Valeriy Gazzayev keladimi?

«Navbahor»ga Valeriy Gazzayev keladimi?

Baho:
+ | -

Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, rossiyalik taniqli mutaxassis Valeriy Gazzayev shu haftadan e’tiboran «Navbahor»da maslahatchi-murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.

Gazzayev 1954 yili Rossiyaning Orjonikidze (hozirgi Vladikavkaz) shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida «Spartak» (Orjonikidze), SKA (Rostov), «Lokomotiv» (Moskva), «Dinamo» (Moskva) va «Dinamo» (Tbilisi) klublari, shuningdek, sobiq ittifoq olimpiya hamda milliy terma jamoalarida to‘p surgan.

Keyinchalik «Spartak» (Orjonikidze), «Dinamo» (Moskva), «Alaniya», SSKA, «Dinamo» (Kiyev) klublari, Rossiya yoshlar va milliy terma jamoalarini boshqargan. SSKA Gazzayev qo‘l ostida 3 marta Rossiya chempioni bo‘lgan, qolaversa, 2005 yili UYEFA kubogini yutgan.

«Alaniya» ham aynan Valeriy Georgiyevich boshqaruvi ostida, ya’ni 1995 yili Rossiya chempionati g‘olibiga aylangan.

O‘z o‘rnida o‘sha jamoa tarkibida futbolimiz afsonasi Mirjalol Qosimov to‘p surganini ham e’tirof etish joiz. Qisqasi, Valeriy Gazzayev Rossiya chempionati tarixida medallar va kuboklar yutish bo‘yicha eng sermahsul murabbiylardan biridir.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:14, 23.10.2018.
O'qildi: 5184 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик