Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

MOQda sport tibbiyoti bo‘yicha koreyalik professorlar hamkorligida seminar tashkil etildi

MOQda sport tibbiyoti bo‘yicha koreyalik professorlar hamkorligida seminar tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Sir emaski, sportni rivojlantirish yo‘lida sport tibbiyotining ahamiyati beqiyos. Sportchining musobaqaga jismoniy tomonlama tayyor bo‘lishida, tiklanishida sport tibbiyoti muhim o‘rin tutadi.

Shu sababdan, O‘zbekistonda ham mazkur yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida tashkil etilgan seminar ham bu yo‘lda navbatdagi qadam bo‘ldi deyishimiz mumkin.

Janubiy Koreyaning «Chong Yon» klinikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining xalq tibbiyoti, reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi tomonidan tashkil etilgan seminar turli kasalliklarni, jumladan umurtqa bilan bog‘liq kasalliklarni xalq tabobati yordamida davolash mavzusida o‘tkazildi. Seminarda Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan professor Pak Jon Sin, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi sport tibbiyoti bo‘yicha bosh mutaxassisi Adiba Usmanxodjayeva, sport federasiyalari shifokorlari, soha mutaxassislari, reabilitologlar, talabalar va boshqalar ishtirok etishdi.

Seminar davomida Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mutaxassislar kasalliklarni xalq tabobati yordamida davolash bo‘yicha ma’ruza o‘tkazishdi. Shuningdek, buni amaliyotda ham ko‘rsatib berishdi. Bundan tashqari, seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Albatta, sportchining muvaffaqiyatga erishishida uning sog‘lomligi, musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishi, mashg‘ulotlardan so‘ng tiklanish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda bunday amaliy seminarlar tashkil etilishi esa sport rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi shubhasiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:53, 23.10.2018.
O'qildi: 1594 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.