Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

O‘zbek futbolidagi bolalar futboli haqida

O‘zbek futbolidagi bolalar futboli haqida

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Tan olish kerak, O‘FA ommaviy va bolalar futboliga ham katta e’tibor qaratmoqda. Deylik, professional klublar qoshida futbol akademiyasi faoliyat yuritishi shartligi belgilab qo‘yildi.

Bu juda o‘rinli talab. Zero, professional futbolni yuksaltirish uchun avvalo, bolalar futbolini ko‘tarish lozim.

Shu ma’noda aytsak, turli yosh toifasida alohida turnirlar tashkil etilayotgani ham ayni muddao. Shaxsiy fikrimcha, samaradorlikni oshirish uchun yana bir qator masalalarga jiddiy yondashish zarur.

1. 6 yoshli bolalardan maxsus guruhlar tuzib, ularning boshidayoq to‘p bilan sifatli ishlashlarini ta’minlash kerak. Bunda murabbiylikka faqat malakali mutaxassislar (sobiq futbolchilar)ni jalb etish lozim.

2. Maxsus guruhlar tarbiyalanuvchilariga reja asosida akrobatika va yengil atletikadan ham dars berish kerak. Tabiiyki, bunday mashg‘ulotlarni soha mutaxassislari (jahon va Olimpiada chempionlari) olib borishlari ko‘proq samara beradi.  

3. Bolalarda sirkchilarga xos jonglyorlik mahoratini shakllantirib borish ham foydalidir. Albatta, bunda sirk artistlarining yordamlaridan foydalanish lozim.

4. Tarbiyalanuvchilarga to‘g‘ri va tez yugurishni o‘rgatish uchun mashhur sprinterlarni dars o‘tashga jalb qilish kerak.

5. Bolalarga maydonda erkin o‘ynash imkonini berish, ularning bir qolipga tushib qolishlari oldini olish kerak.

Abdullajon XOLMATOV, Namangan shahri.  

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:29, 24.10.2018.
O'qildi: 1672 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик