Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekistonda ArMI-2019 musobaqasi o‘tkazilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ArMI-2019 musobaqasi o‘tkazilishi kutilmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

2019 yilda Xalqaro armiya o‘yinlari 11 ta davlatda, jumladan, ilk marotaba O‘zbekiston, Hindiston, Pokiston va Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilishi kutilmoqda.

“Xalqaro musobaqani qaysi davlatda o‘tkazish borasida tanlov ishlari davom etmoqda. Hozir 11 ta davlatdan arizalar taqdim etilgan”, – dedi Rossiya Qurolli kuchlari harbiy tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i Ivan Buvalsev 24 mamlakatdan kelgan 100 dan ortiq harbiy bo‘lim vakillari yig‘ilgan anjumanda.

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, 2019 yilda musobaqa o‘yinlari Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Belarus, Eron, Hindiston, Xitoy, Mo‘g‘uliston davlatlarida o‘tkazilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tashkilotchilar "Xalqaro armiya o‘yinlari-2019" musobaqa dasturini 28 ta yo‘nalishdan 31 taga kengaytirishni ham rejalashtirishgan. Ushbu musobaqada turli mamlakatdan kelgan harbiylar “Yo‘l patruli”, “Harbiy ralli”, “Qurolsoz usta”, “Otish tayyorgarligi” kabi bir nechta turlar bo‘yicha bellashadi.

Ma’lumot uchun: 2018 yilda Xalqaro armiya o‘yinlari musobaqasi 7 ta davlatning 24 ta poligonida bo‘lib o‘tdi va unda 32 davlatdan jami 189 nafar jamoa ishtirok etdi. Joriy yilda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilaridan iborat to‘rtta jamoa vakillari Xalqaro armiya o‘yinlarining 12 ta yo‘nalishida qatnashdi va “Yo‘l patruli”, “Harbiy ralli” va “Qurolsoz usta” turlari bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Manba: www.turon24.com
Kiritildi: 22:35, 24.10.2018.
O'qildi: 1715 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.