Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda
14/10 21:45 LASK - Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord - Komo
14/10 23:59 Manchester Siti - PSJ
14/10 23:59 Roma - Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa - Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis - Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt - Borussiya D
14/10 23:59 Slovan - Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor - AEK

Ertaga Farg‘onada katta futbol bayrami. Bayramga marhamat!

Ertaga Farg‘onada katta futbol bayrami. Bayramga marhamat!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga 28 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida katta futbol bayrami bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Kubogi finalida Toshkentning “Paxtakor” va Olmaliqning AGMK jamoalari o‘zaro to‘p surishadi.

Ushbu final uchrashuviga bo‘lgan qiziqish juda katta. Vodiyda futbolni qattiq sevishadi. Futbol uchrashuvlari muxlislar uchun haqiqiy bayramga aylanib ketishi hech kimga sir emas. Aynan vodiydagi futbol muxlislarining qiziqishini inobatga olib, O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov 2018 yilgi Kubok finalini Farg‘onada o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Ayni paytda finalga tayyorgarlik avjida. Farg‘onadagi stadion muhim uchrashuv uchun shay holatga keltirilgan.

Final oldidan muxlislar uchun taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturlari o‘tkaziladi. Ular ishtirokidagi kuy-qo‘shiqlar “Istiqlol” stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarning kayfiyatini yanada ko‘tarishga xizmat qilishi shubhasiz.

Final o‘yini davomida muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida, “Istiqlol” stadionida turli yegulik va ichimliklar savdosi tashkil etiladi. Futbol muxlislari haqiqiy futbol bayramidan bahra olishlari uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu final uchrashuvining barcha xarajatlari PFL hamda PFLning homiy va hamkorlari tomonidan qoplanmoqda.SHu sababli ham final uchrashuvi chiptalari muxlislar uchun bepul qilib belgilandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad stadionga ko‘proq muxlislarning tashrif buyurishini, bayramdan barcha birdek bahramand bo‘lishini ta’minlashdan iborat. 

Bugun hal qiluvchi uchrashuvda maydonga tushadigan «Paxtakor» va AGMK jamoalari Farg‘onaga yetib kelishdi.

Ularni O‘FA, PFL, Viloyat hokimligi, viloyat futbol assosiasiyasi xodimlari, OAV vakillari va muxlislar tantanli ravishda kutib olishdi. Farg‘onadagi futbol muxlislari ham final o‘yinini intizorlik bilan kutishayotgani hech kimga sir emas. Stadionning muxlislar bilan to‘lib toshishi maydonda harakat qilayotgan futbolchilarga yanada ishtiyoq bag‘ishlashi, ularni yanada ruhlantirishi tabiiy.

Ertaga Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadioniga tashrif buyuring va shiddatli futbol uchrashuvidan bahramand bo‘ling!

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:27, 27.10.2018.
O'qildi: 2285 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик