Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tiago Bezerra: «G‘alaba qozonish uchun borimizni berishga tayyormiz»

Tiago Bezerra: «G‘alaba qozonish uchun borimizni berishga tayyormiz»

Baho:
+ | -

"Paxtakor"ning braziliyalik legioneri bo‘lajak final xususida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Yaxshi o‘yin kutmoqdaman. Sovringa ega chiqishimiz uchun yaxshi imkoniyat. Oldingi bellashuvda "Bunyodkor"ga qarshi qiyin bahs o‘tkazdik, ammo tiklanish olishga vaqtimiz bo‘ldi. Kubokni "Paxtakor"ga olib kelish uchun borimizni beramiz.

Faoliyatimda birinchi marta kubok finalida o‘ynashim mumkin. G‘alaba qozongan taqdirimizda birinchi navbatda shunday imkoniyatlar taqdim etgan Yaratganga shukrona keltiraman. Keyin esa oilam, do‘stlarim va klubdagi barchaga bag‘ishlayman. Shu o‘rinda ushbu sovringa ega chiqish men uchun juda muhimligini ayta olaman.

AGMK to‘g‘risida qanday fikr bildirasiz?

- Bu jamoa burchak zarbalarida juda xavfli, bo‘yi baland futbolchilari ko‘p. Mashg‘ulotlarda ularga qarshi hozirlik ko‘rishga urindik. Bu jamoaga qarshi bir necha bor o‘ynadik, ularning uslubini yaxshi bilamiz.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 16:40, 27.10.2018.
O'qildi: 2263 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик