Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Jaloliddin Masharipov: «Etti yillik tanaffusdan so‘ng kubokni qo‘lga kiritishni xohlaymiz»

Jaloliddin Masharipov: «Etti yillik tanaffusdan so‘ng kubokni qo‘lga kiritishni xohlaymiz»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov O‘zbekiston Kubogi finali xususida fikrlarini bildirdi.

- Finalga chiqqanimizdan xursandmiz. Mavsum boshida oldimizga ikki jiddiy vazifa qo‘yilgandi - chempionlik va kubokni qo‘lga kiritish. Chempionat hali davom etmoqda va unda oxirigacha kurashamiz. Kubokda esa final o‘yinida maydonga tushamiz. Yetti yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston Kubogiga ega chiqishni istaymiz. Yigitlarning kayfiyati yaxshi va biz o‘yinga tayyormiz.

AGMK haqida fikringiz qanday?

- Bu jamoa bilan mavsumda ikkala uchrashuvda qiyinchilikka duch keldik. Ular jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. O‘z maydonimizdagi bellashuvda oxirgi daqiqalarda bizni Suyunov qutqarib qolgandi. Chempionatda quyi oltilikda bo‘lsa-da, AGMK ham final bir uchrashuvdan iborat ekanini yaxshi bilib, yaxshi hozirlik ko‘radi.

O‘tgan yili ham kubokka ega chiqqansiz. O‘zingizni omadli deb bilasizmi?

- Yil boshida "Paxtakor"ga qaytganimda ham sovrinlardan kamida bittasiga ega chiqishni oldimga maqsad qilgandim. O‘tgan yili chempionat va kubokda g‘alaba qozongandim. Nafaqat men, balki butun jamoa ham oldiga yuksak vazifalarni qo‘ygan. Bu yo‘lda mehnat qilishda davom etamiz.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 19:53, 27.10.2018.
O'qildi: 2268 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик