Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Sensasiya! AGMK — O‘zbekiston kubogi sohibi!

Sensasiya! AGMK — O‘zbekiston kubogi sohibi!

Baho:
+ | -1

O‘zbekiston kubogining ushbu mavsumida sensasion natija qayd etildi. O‘z tarixida ilk marta musobaqa finaliga chiqqan AGMK klubi sovrinni qo‘lga kiritdi. Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tgan final bahsida olmaliqliklar, kutilmaganda, "Paxtakor"ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida o‘yin hakami Temur To‘xtasinov toshkentliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Jarima maydonchasi ichida Simich Murzoyevning qo‘lidan tortgandi, Kamoliddin yiqilishni o‘xshatib berdi. AGMK "penalti"chisi Yovan Jokich unchalik kuchli bo‘lmagan zarba bilan hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim so‘ngiga qadar Arveladze shogirdlari vaziyatni o‘nglashga harakat qilishdi, ammo Ashurmatov shogirdlari ishonchli himoyalanishdi.

Ikkinchi taym avvalida "sherlar" penalti ishlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bezerra va Bubanya to‘qnashuvidan so‘ng hakam 11 metrli nuqtaga ishora qildi. Ismoil Gonsalvesh kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi.

O‘yinda yana bir kutilmagan holat qayd etildi. Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas AGMK yana hisobda oldinga chiqib oldi. Oybek Qilichev raqib jarima maydonchasi tashqarisida bir futbolchini aldadi va Jokichga uzatma berdi. Yovan 19 metrdan aniq zarba bilan to‘pni darvoza burchagiga joylab qo‘ydi.

Mazkur gol "Paxtakor" uchun jiddiy zarba bo‘ldi. Toshkentliklar bunga tayyor emasdilar. Ular hisobni tenglashtirish uchun katta kuch bilan oldinga tashlandilar, ammo AGMK futbolchilarining qarshi hujumlari ancha xavfli bo‘ldi. Nihoyat, o‘yinning 90-daqiqasiga kelib Zohir Pirimov hisobni 3:1ga yetkazdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi.

AGMK O‘zbekiston kubogini ilk marta qo‘lga kiritdi. Jamoa kelasi mavsumda Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqichida ishtirok etadi.

O‘zbekiston kubogi, final
AGMK – “Paxtakor” 3:1 (1:0)
Gollar: Yovan Jokich (18-penalti, 57), Zohir Pirimov (90) — Ismoil Gonsalvesh (54-penalti)
AGMK: Roman Abdulov, Vladimir Bubanya, Vladislav Kasminin, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Hasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev, Zohir Pirimov, Kamoliddin Murzoyev, Yovan Jokich, Oybek Qilichev.
Paxtakor: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Sherzod A’zamov, Marko Simich, Farruh Sayfiyev, Dilshod Rahmatullayev, Vladimir Kozak, Ismoil Gonsalvesh, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Tiago Bezerra.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:54, 28.10.2018.
O'qildi: 9198 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.