Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Marrada – Madagaskar

Marrada – Madagaskar

Baho:
+ | -

Afrika kubogining navbatdagi o‘yinlari kelgusi yili o‘tkaziladi. Mazkur turnirda birdaniga ikkita o‘zgarish kuzatiladi.

Birinchidan, musobaqa avvalgidek qishda emas, balki yozda bo‘lib o‘tadi. Ikkinchidan, ishtirokchilar soni 16tadan 24tagacha oshiriladi. Qatnashchilarning ko‘payishi - zamonaviy futbolda urf bo‘lgan holat. Yevropa chempionatida ham qit’aning eng sara 24 jamoasi qatnashmoqda. Osiyo ham shu yo‘ldan bormoqda va 2019 yilning yanvar oyida BAAda o‘tkaziladigan OKda shuncha jamoa ishtirok etadi. Endi afrikaliklar ham shunday amaliyotni qo‘llashni afzal bilishmoqda.

* Kvalifikasiya bosqichi juda oddiy. 12ta guruhning har birida 4tadan jamoa kuch sinashadi. Eng yaxshi ikkita ishtirokchi turnirning final bosqichiga yo‘llanma oladi. Musobaqa mezboni - Kamerun termasi ham barcha qatori saralashda qatnashadi, ammo har qanday holatda ham hal qiluvchi bosqichda qatnashadi. Shunchaki, u bilan birga guruhdan yana bitta jamoa chiqadi. Saralashning shaffof o‘tishi bo‘yicha savollar tug‘ilmasligi kerak, zero Malavi va Komor orollari termalari Kamerun hamda Marokash jamoalariga jiddiy raqobat tug‘dirishlari juda qiyin.

* Demak, kamerunliklarning Afrika kubogida qatnashishlari aniq. Ulardan keyin final bosqichida qatnashadigan yana bir jamoaning nomi ham ma’lum - Madagaskar termasi. Sport va boshqa tarmoqlarda ushbu mamlakatning dovrug‘i u qadar katta emas, ko‘pchilik bu davlat nomini 2005 yili ishlangan quvnoq multfilm orqali tanigan bo‘lsa, ajabmas. Futbol haqida gap borganda, Madagaskar Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan, ammo bu voqea shubhali sabab tufayli ro‘y bergandi: mahalliy chempionatdagi o‘yinlarning birida 149:0 hisobi qayd etilgan, biroq yutqazgan jamoa barcha gollarni o‘z darvozasiga yo‘llagandi (shu tariqa hakamlikka e’tiroz bildirilgan). Oqibatda, bu kabi norozilik qimmatga tushib, mag‘lub jamoa bosh murabbiyi va to‘rt o‘yinchisi uch yilga futboldan chetlashtirilgan.

* Bugungi Madagaskar termasi o‘z tarixida ilk marta Afrika kubogida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, bu ishni finishga ikki tur qolganda amalga oshirdi: o‘z guruhida Sudan (3:1) va Ekvatorial Gvineyani (1:0, 1:0) mag‘lubiyatga uchratib, Senegal bilan durang (2:2) o‘ynadi. Madagaskar milliy jamoasi tarkibidan asosan Fransiyaning quyi ligalarida to‘p suradigan futbolchilar joy olishgan. Misol uchun, 22 kishilik ro‘yxatning teng yarmi Fransiyada faoliyat yuritadi. Ikki o‘yinchi Belgiyaning «Sharlerua» va «Antverpen»idan, yana biri esa «Syon»ning zaxira jamoasida o‘ynaydi. Qolganlar Madagaskar, Jazoir, JAR, Misr, Saudiya Arabistoni hamda Tailand chempionatlarida to‘p surishadi.

* Afrika kubogi bahslarida ishlaydigan sharhlovchilar madagaskarliklar ishtirokidagi o‘yinlarda ancha qiynalishlari turgan gap. Har qanday holatda ham familiyalarni talaffuz qilishni mashq qilishsa, ziyon bo‘lmasdi. Chunki Madagaskar termasida Randrianasolo, Razakanantenayna, Ilaymaxaritra, Andriamirado, Randriambololona, Rakotoxarimalala va shunga o‘xshash nomlarni uchratish mumkin. Jamoa bosh murabbiyi - 50 yoshli Nikolya Dyupui Madagaskar futboli tarixiga kirishi tayin. Ushbu mutaxassis haqida avval eshitmagandirsiz, chunki u bunga qadar Fransiyaning to‘rtinchi divizionida qatnashadigan «Izer» klubida ishlagan.

* Joriy yilning sentyabrida noxush voqea kuzatildi - «Maxamasina» stadionida o‘tkazilgan Madagaskar va Senegal termalari o‘rtasidagi uchrashuv payti sodir bo‘lgan tiqilinch oqibatida 40 nafar ishqiboz jabr ko‘rdi, bir kishi vafot etdi.

Muxlislar oqimi kattaligi (stadion 22 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘diradi) hamda tashkilotchilikning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli shunday qayg‘uli hodisa ro‘y bergan. Natijada Madagaskar futbol assosiasiyasi 10 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi, stadion esa «uchta o‘yin yoki uch oy»ga diskvalifikasiya qilindi.

Endilikda jamoa uy uchrashuvlarini «Vontovorona»da o‘tkazmoqda. Afrika kubogi-2019 yo‘llanmasi ham aynan shu arenada qo‘lga kiritildi. Umid qilamizki, Madagaskar termasi ishtirokidagi kelgusi uchrashuvlari qurbonlarsiz o‘tadi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 22:52, 29.10.2018.
O'qildi: 2328 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.