Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Tago Alkantara Germaniya kubogi doirasidagi “Redingxauzen”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Futbolchi jarohat olib 75-daqiqada maydoninni erta tark etdi.
O‘yindan so‘ng “Bavariya” bosh murabbiyi Niko Kovach futbolchining jarohatini tasdiqladi. Hozircha futbolchining jarohati qanchalik og‘irligi ma’lum qilinmadi.