Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

APLdagi Portugal legioni haqida to‘xtalamiz

APLdagi Portugal legioni haqida to‘xtalamiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bir oy avval bu murabbiy «Manchester Yunayted»ga o‘tishi xususidagi gap-so‘zlarga izoh bergandi: «Bu haqda o‘ylashga vaqtim yo‘q. Mourinyoning o‘rnini egallashni xohlaymanmi? Meni yaxshi bilasiz: ushbu masalani muhokama qilmoqchimasman». Shu intervyudan bir hafta o‘tgach, Nunu Eshpiritu Santu «Old Trafford»ga kelib, «MYU» bilan durang o‘ynadi. E’tiborlisi, bu ishni insultdan so‘ng tuzalib, stadionda o‘yinni kuzatgan Aleks Fergyuson ko‘z o‘ngida bajardi va uchrashuvdan keyin shunday dedi: «Kelgusi safar mazkur stadionda g‘alaba qozonish uchun o‘yinimizni qanday kuchaytirishni bilamiz». Ha, Eshpiritu Santu Manchesterning har ikki klubidan ochko oldi, «Vulverxempton» APL 9-turidan so‘ng 9-o‘rinda bormoqda. Murabbiy esa qo‘l ostidagi jamoa bundanda ortig‘iga qodir ekanligini ta’kidladi. Xo‘sh, «bo‘rilar» haqida nimalarni bilishimiz kerak? 

Jorje Mendeshning maxfiy aloqalari

«Vulverxempton»dagi portugallar koloniyasiga Jorje Mendesh asos solgan. Mashhur agent uch yildan buyon jamoani shakllantirish bilan band. 2016 yilning yozida, klub xitoyliklar ixtiyoriga o‘tganda, «bo‘rilar» safida portugaliyaliklar paydo bo‘la boshladi: Mendeshning mijozlari Ivan Kavaleyru hamda Elder Koshta. Bir yildan so‘ng ularning qatoriga Ruben Nevesh («Portu» tarixidagi eng yosh sardor), Roderik Miranda, Diogo Jota hamda murabbiy Eshpiritu Santu qo‘shilishdi. Hammasi portugaliyalik va Mendesh asos solgan Gestifute futbol agentligining mijozlari. Murabbiy Nunu esa bir paytlari Mendeshning dastlabki yirik kolonizatorlik loyihasida qatnashib, Moskvaning «Dinamo» klubida faoliyat yuritgan.

Yangi murabbiy «epataj»dan boshladi: Chempionshipdagi uchrashuvlarda uch markaziy himoyachi taktikasini qo‘lladi. Yopiq va zich o‘yin namoyish etadigan «Vulverxempton» Britaniya futbolidagi an’alarni bir chetga surib, turnir jadvalidagi asosiy raqobatchisini 9 ochkoga ortda qoldirib, liga g‘olibiga aylandi.

Ushbu muvaffaqiyatda portugaliyaliklarning roli katta: Jota jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi (17ta gol), Kavaleyru - eng yaxshi assistent (12ta samarali uzatma), Koshta gol}pas tizimi bo‘yicha 10 ball to‘pladi. Hattoki, tayanch yarim himoyachisi Nevesh ham raqiblar darvozasini 6 marta ishg‘ol qildi. Shu tariqa «Vulverxempton» APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi: bir maromdagi himoyaviy o‘yin asqotdi, vaholanki, tarkib Chempionshipda ham eng qimmati emasdi. Demakki, elitada munosib qatnashish uchun kuchayishga ehtiyoj tug‘ilgandi.

To‘g‘ri, Mendeshning klubga aloqadorligi tufayli Angliya futbol assosiasiyasi surishtiruv o‘tkazgan payt­lari vaziyatdan talafotsiz chiqish oson bo‘lmadi. Tekshiruvlar natijasida agentning jamoa bilan rasmiy aloqasi borligi isbotlanmadi. Jorje klubda hech qanday lavozimda ishlamaydi, shunchaki, Forsun kompaniyasi xo‘jayinlari sanalgan xitoyliklar bilan qalin do‘st, xolos.

Ularning munosabatlari shunchalik qalinki, yozda «Vulvz» tarkibiga yana uch nafar portugaliyalik futbolchi kelib qo‘shildi: Ruben Vinagre, Ruy Patrisiu va Joau Moutinyu. Ulardan ikkisi - Gestifute mijozlari, Vinagrening o‘tishi ham, Angliya OAVning xabar berishicha, Mendesh vositachiligida amalga oshgan. Ushbu ro‘yxatga Villi Bolining «Portu»dan hamda Xonnining «Selta»dan transfer qilinganini ham qo‘shib hisoblamiz va APL uchun kuchayish jarayoni shu bilan yakuniga yetadi.

APL: «MYU» va «Manchester Siti»ga yutqazmadi

Eshpiritu Santu Angliyaning oliy divizionini zabt etishda avvaldan sinalgan uslubni qo‘lladi. Kamtarona zaxira, kattagina himoyachilar guruhi, qarshi hujumlar va oldingi chiziqdagi tezkor o‘yinchilar. «Vulverxempton» tanlaydigan 3-4-3 taktik sxemasi himoyaviy harakatlar chog‘i 5-4-1ga o‘zgaradi. Darvozada Patrisiu, himoya markazida Boli, Bennet va Koudi, qanotlarda Doerti hamda Xonni, yarim himoya markazida esa Nevesh va Moutinyu, Jota bilan Koshta qanotlarda Ximenesga ko‘maklashishadi. Shu 11 futbolchi APLning dastlabki 8ta o‘yinini asosiy tarkibda boshlashdi. Faqat 9-turga kelibgina boshlang‘ich ro‘yxatda Xonnining o‘rnida Kastroni ko‘rdik. Bu rekord ko‘rsatkich: APLda tarkib borasida bunday doimiylik avval kuzatilmagandi. Darvoqe, asosiy tarkibda besh nafar portugaliyalik to‘p surgan bo‘lsa, angliyaliklar ikki nafarni tashkil etgan. Bu ham o‘ziga xos limitdan darak.

«Bo‘rilar» uchun mavsum omadsiz boshlangandi. «Everton» va «Lester» Patrisiu qo‘riqlayotgan darvozaga to‘rtta to‘p yo‘llashdi, «Vulverxempton» esa to‘p nazoratida oqsadi, xavfli qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordi, o‘zi yaratgan vaziyatlardan esa unumli foydalana bilmadi (jumladan, «Lester»ga qarshi bahsda uch marta darvoza to‘sini nishonga olindi).

Eshpiritu Santu tarkibni o‘zgartirmadi, biroq o‘yin modelidagi kamchiliklarni yo‘qotdi. Dastlabki ikki uchrashuvda uning jamoasi umumiy vaqtning 57 foizida to‘pni nazorat qilgan, o‘shandan buyon bunaqasi faqat bir marta kuzatildi. «Vulvz» futbolchilari nafaqat «Manchester Siti», balki «MYU», hattoki, «Sautgempton» va «Kristal Pelas»ga qarshi bahslarda ham to‘pni raqibga topshirishdi. Barcha holatlarda bu uslub ish berdi. «Siti» darvozasi tomon 11ta zarba yo‘llandi (binobarin, APLda bunaqasi yil davomida atigi uchinchi marta kuzatildi), «MYU» bilan uchrashuvda durang saqlab qolinganini esa omadsizlikka yo‘yish mumkin: De Xeaga juda ko‘p ish topildi, durang Mourinyoni ham qoniqtirgan bo‘lsa, ajabmas.

Nisbatan kuchsizroq raqiblarga qarshi o‘yinlarda esa «Vulverxempton» bir xilda - 1:0 hisobida zafar quchdi. «Byornli», «Vest Xem» va «Kristal Pelas» shunday ko‘rinishda taslim etildi. Faqatgina «Sautgempton» ikki to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchratildi, ammo har ikki golning so‘nggi 10 daqiqalikda urilgani futbolchilar xarakter ko‘rsatishganidan darak bermoqda. «Vulverxempton»ning o‘yini zerikarli, jamoa vaziyatlarni juda qiyinchilik bilan yaratadi, ammo turnir jadvalidagi o‘rni juda yomon emas.

Kamchiligi nimada?

Aslida, hujum tashkil etish borasidagi muammolar o‘ta jiddiy. «Vulvz» markaz bo‘ylab hujum uyushtirish bo‘yicha APLda oxirgidan bitta yuqori o‘rinda bormoqda. Ehtiyotkor sxema tufayli Nevesh va Moutinyuni qo‘llab-quvvatlaydiganlar topilmaydi, shu bois ularning yo‘llagan uzatmalari aksariyat hollarda sheriklarigacha yetib bormaydi. Natijada bu ikki portugal qanot himoyachilari tomon (ayniqsa, Doeyertiga) diagonal paslar berishga majbur bo‘lishadi. Yana bir muammo - imkoniyatlardan foydalana olmaslik. «Vulvz»ning eng yaxshi to‘purari Ximenes 24ta zarbadan so‘ng atigi ikki marta gol urgan. Ikkinchi tempda hujum uyushtirishni yoqtiradigan Nevesh esa raqib jarima maydonchasi tashqarisidan 18 marta zarba yo‘llagan va urinishlarning faqat bittasi gol bilan yakunlangan. Umuman olganda, yaxshigina statistik ma’lumotlarga ega jamoaning gollari yanada ko‘proq bo‘lishi lozim.

Paslar orqali to‘pni nazorat qilish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich qayd etayotgan jamoaga chiziqlar bo‘ylab to‘pni olib yurib, sheriklariga bo‘sh hudud yaratishga qodir driblingchi yetishmayapti. Ayt­gancha, bunday futbolchi bor. Adama Traore - 90 daqiqa mobaynida amalga oshirilgan aldab o‘tishlar bo‘yicha APLda Eden Azardan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Biroq bu futbolchi faqat zaxiradan o‘yinga qo‘shiladi. Eshpiritu Santu dastlabki daqiqalardan maydonga tushirishda Elder Koshtaga ko‘proq ishonch bildiradi. Bu futbolchi ko‘proq sheriklariga paslar uzatib, himoyachilarga ham faol ko‘maklashadi. Hattoki, Traorening «Vest Xem»ga qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida urgan g‘alaba goli ham sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra APLning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingan Nununi fikridan qaytarmadi.

Hozircha «Vulverxempton» o‘ta jiddiy raqiblar toifasiga kirmaydi, ammo «bo‘rilar»ga qarshi o‘ynash qiyin. O‘z jarima maydonchasida zichlik yaratishni Eshpiritu Santu kashf etmagan, biroq bunday uslubni yengib o‘tishga hech kim aniq kafolat berolmaydi, hattoki, Gvardiola ham. Shu bois ham «Vulvz» so‘nggi 7ta turda 14 ochko to‘pladi, shu muddat ichida Manchesterning ikki grandi bilan o‘yin o‘tkazilganini ham unutmaslik darkor.

Ayni payt «Vulverxempton»ni Chempionlar Ligasi pog‘onasidan 6 ochko ajratib turibdi. Albatta, bu holat joriy mavsum bo‘yicha yakuniy xulosa yasash uchun kamlik qiladi: APLda turnir jadvalida «bo‘rilar»­dan yuqoriroqda turgan, hali eng yaxshi o‘yinini topolmagan jamoalar joylashishgan. Ular orasida ko‘p jihatlarni kuchaytirishi kerak bo‘lganlar ham bor. Ammo o‘ziga mos uslubni tanlab olgan, yuqori o‘nlikda borayotgan klub o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yishga haqli. Hech bo‘lmaganda, «Byornli»ning avvalgi mavsumdagi natijasini takrorlash imkoniyati mavjud. O‘z navbatida, tarkibga to‘purar markaziy hujumchi jalb etilsa, ziyon qilmasdi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:58, 31.10.2018.
O'qildi: 2345 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.