Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Antiqa tashabbus - inglizlar Maguayrni 50 funt qiymatidagi kupyurada ko‘rmoqchilar...

Antiqa tashabbus - inglizlar Maguayrni 50 funt qiymatidagi kupyurada ko‘rmoqchilar...

Baho:
+ | -

Ha, Artyom Dzyuba oldida jiddiy raqobatchi gavdalanmoqda. «Lester» himoyachisi Garri Maguayr yozda jahon chempionatida yorqin o‘ynadi va kutilmaganda, angliyalik fanatlar yoqimtoyiga aylandi.

Britaniyalik «beo‘xshov» yigit terma jamoa safida yarim finalgacha ildam qadam bosdi, maydon tashqarisida esa samimiyligi bilan barchaning hurmatiga erishdi. Xullas, butun Angliya Maguayrdan hayratda, ayniqsa, terma jamoadagi sheriklari.

Misol uchun, Kayl Uoker Buyuk Britaniya fuqarolari Garrini doimiy ravishda ko‘rib turishlarini istamoqda. Yo‘q, televizor orqali emas, balki ...pul banknotlarida.

Har holda, «Manchester Siti» futbolchisi petisiya (talabnoma) yozib, unda Maguayr portretini 50 funt qiymatiga teng yangi kupyurada aks ettirishni so‘radi. Aytgancha, ayni payt tumanli o‘lkada yangi banknot dizayni ustida ish olib borilmoqda.

Yangi kupyura dizayni muallifi - Jonni Sharpls (futbol muxlisi, albatta)ning aytishicha, futbolchi shishirilgan yakkashox (narval) ustida tasvirlanishi kerak. «Angliya banki 50 funtli banknotga redizayn e’lon qildi.

Oldinroq 5, 10 va 20 funtli kupyuralar muvaffaqiyatli tarzda yangilangandi. Biroq ularning hech birida JCH yarim finalchisi tasvirlanmagan! — deyiladi futbolchi petisiyasida. — Futbolni uyga qaytarishni xohlayotganimizni hisobga olib, milliy pulimizda Garri Maguayrni  mifologiya jonivori ustida tasvirlasak yaxshi bo‘lar balki».

Bu hazilmi yoki jiddiy harakat, har holda, petisiyaga naq 16 ming kishi imzo chekishga ulguribdi. Xullas, g‘oya qiziqish uyg‘otdi va Uoker «Tvitter» orqali o‘z suratini ham pulda aks ettirishni taklif qildi. To‘g‘ri, 50 emas, balki 5 funtli kupyurada.

«Shunday qil, Angliya! «Beshtalik»da tursam, boshim osmonga yetishi aniq. Eng asosiysi, kupyura qiymati qancha katta bo‘lsa, bosh ham shunchalik yiriklashishi kerak...» — Kaylning ushbu kinoyasi «beo‘xshov» Maguayrga qaratilgani aniq.

Darvoqe, Angliya terma jamoasi futbolchilari masalani keng muhokama qilib, o‘zaro hazillashishmoqda, oddiy muxlislar esa yangi banknotlarning boshqacha variantlarini ham ilgari surishmoqda. Albatta, APL o‘yinchilari surati bilan...

------------------------------

Izoh: Maguayr haqidagi taklif qabul qilinmasligi aniq. Negaki, 50 funtli kupyuraga Artyom Dzyuba «joylashadi» - bunga «Zenit» kafolat bermoqda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:17, 31.10.2018.
O'qildi: 2763 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.