Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Andrey Kanchelskis: «Yigitlar borlarini berishdi»

Andrey Kanchelskis: «Yigitlar borlarini berishdi»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" - "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis va posbonimiz Akbar To‘rayevlar ishtirok etishdi.

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Albatta natija biz uchun ijobiy ko‘rinish oldi. Kubok finalida yutqazgach, "Paxtakor" futbolchilariga ruhiy tomondan qiyin edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham yaxshi tarkibga va ijrochilarga ega bo‘lgan yaxshi jamoaga qarshi o‘ynadik. Futbolchilarimizdan xursandman. Ular bugun borlarini berib katta ishtiyoq bilan ijobiy natija uchun harakat qilishdi. Tarkib borasida ayrim muammolarga duch kelganimiz sababli uchrashuv qaydnomasida zaxiradan atigi uch nafar maydon o‘yinchilari joy olishdi, xolos. Qanday holat bo‘lishidan qat’i nazar, maqsad sari intilmoqdamiz. Oldingi uchrashuvga qaraganda bugun himoyada ancha tartibli o‘yin ko‘rsatdik. Muammolar bor edi. Shunga qaramay, ikkita imkoniyatda gol urishimiz mumkin edi. Oston O‘runov va Sardor Sulaymonov vaziyatlardan foydalana olishmadi. Bir so‘z bilan aytganda, bor kuchlarini berib o‘ynashgani uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman.

Sherzod Karimov oldingi uchrashuvda jarohat bilan to‘p surgandi. Mirzohid G‘ofurovni esa eski jarohati bezovta qilib qoldi. Darko Nikach esa o‘ziga bo‘lgan talabni pasaytirib yuborganligi sababli yoshlar jamoasi tarkibiga o‘tkazildi. U ayni paytda “Navbahor” jamoasi talabiga javob bermayapti.

Akbar To‘rayev (“Navbahor” jamoasi darvozaboni): - Qiyin o‘yin bo‘ldi. Jangovor durang desak ham bo‘ladi. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular himoyada ishonchli harakat qilishdi. Shuning samarasi o‘laroq darvozamiz daxlsizligini ta’minlay oldik. "Paxtakor" jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilayman.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:14, 01.11.2018.
O'qildi: 3833 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик