Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni - Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya - Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Vertolyotdagi taylandlik sehrgar «uchib ketdi»

Vertolyotdagi taylandlik sehrgar «uchib ketdi»

Baho:
+ | -
Yaqinda barcha obro‘li ingliz nashrlari «Lester» futbol klubi xo‘jayini Vishay Shrivaddanaprabxaning shanba kuni o‘tkazilgan «Lester» va «Vest Xem» uchrashuvidan keyin tragik tarzda halok bo‘lgani haqidagi sarlavhalar bilan hammani oyoqqa turg‘azdi.

Vertolyot qulashining sabablaridan biri sifatida boshqaruvni yo‘qotish ekanligi aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, «tulkilar» xo‘jayini bilan birga bortda yana 4 kishi, shuningdek, prezidentning qizi ham bo‘lgan. Maqola yozilayotgan vaqtda qulash bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q. Ammo futbol muxlislari uchun birinchi galda o‘lim tafsilotlari emas, «endi nima bo‘ladi?» degan savol muhim. Axir taylandlik milliarderni pul qopi bor odam deyish qiyin. Birinchi navbatda u klub uchun ko‘p narsa bergan shaxs hisoblanadi. Shuningdek aynan uning nomi bevosita klubning ikki muhim sovrini – 2015-16-yilgi Premyer Liga chempionligi va bir yil o‘tib erishilgan Chempionlar Ligasi chorak finali bilan bog‘liq.

Barchasi nimadan boshlangandi?

Vishay Shrivaddanaprabxaning xizmatlarini aytishdan oldin uning biografiyasidagi ba’zi qiziqarli lahzalarni eslash joiz. Zero mana shular ushbu shaxsning va klubning burilish nuqtasi hisoblanadi. Kim bilsin, agarda u boshqa klubni sotib olganida (u London jamoalaridan birini olmoqchi edi) ehtimol shanba kungi vertolyot halokati sodir bo‘lmasmidi.

Demak, 2004-05-yilgi mavsum. «Lester» nomli futbol jamoasi bir yillik tanaffus bilan bir necha yil Premyer Liganing o‘rtamiyona klubi bo‘lib keldi. Ammo bir necha oy o‘tib ular Angliyada kuchi bo‘yicha ikkinchi liga hisoblangan Chempionshipga tushib ketdi. 2009-10-yilgi mavsumda vaziyat biroz o‘zgardi. Jamoa Premyer Liga yo‘llanmasini beruvchi pley-off bosqichiga qadar yetib keldi. Biroq yakunda ular raqibiga yengildi.

Aynan o‘sha pallada DAVOMI:

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:24, 02.11.2018.
O'qildi: 12183 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.