Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 23:45 Frozinone 0-5 Inter
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya

Emeri qanday qilib «Arsenal»ni o‘zgartirib yubordi?

Emeri qanday qilib «Arsenal»ni o‘zgartirib yubordi?

Baho:
+ | -

«To‘pchilar» barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda qatorasiga 11 o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Faqatgina so‘nggi turda ular «Kristal Pelas» bilan durangga imzo qo‘yishdi.

Unay Emerining «o‘ylashimcha biz o‘yinda jabr ko‘rdik, ammo men jabr ko‘rishni istayman» degan falsafasi ro‘yobga chiqdi. Ispaniyalik mutaxassisning ushbu iqtibosi «Arsenal» «Qorabog‘»ni Yevropa Ligasida yirik 3-0 hisobidan keyingi matbuot anjumanida aytilgandi.

Emerining o‘yin falsafasi oddiy: u har bir shogirdi klub uslubi va qadriyatlariga mos keladigan o‘yinni namoyish qilib yutishni istayotganini ko‘rsatish.

46 yoshli mutaxassis ushbu yozda klubning afsonaviy murabbiyi Arsen Vengerni almashtirgandi. Mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida mashg‘ulotlarda «qattiq mehnat qilish» orqaligina yuksak g‘alabalarga erisha olishini aytib o‘tgandi.

«Biz maydonda o‘z uslubimizda o‘ynashni istaymiz. Biz har bir futbolchi to‘p bilan bo‘lganida bir nimalar yaratishini istaymiz. To‘psiz bo‘lganimizda uni tezroq qayta egallab olishga bo‘lgan maqsadimizni ko‘rsatishni istaymiz» – deya qo‘shimcha qilgandi basklik murabbiy.

«Biz buni nafaqat har bir o‘yinda balki har bir mashg‘ulotlarda ko‘rishni istaymiz. Futbolchilarimiz to‘p bilan va to‘psiz kuch-quvvatga to‘la bo‘lishi, to‘liq harakat qilishni xohlaymiz.» – deya o‘z fikrlarini barchaga ma’lum qilgandi.

Har bir murabbiy o‘ziga xos boshqaruv uslubiga ega va Emeri ham bundan mustasno emas. U shogirdlari bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishni, sog‘lom muhit yaratishni istaydiganlardan. U yaqinroq bo‘lish orqali o‘z maqsadlariga erishishni istaydi.

Granit Djaka so‘nggi o‘yinlarda chap qanotda o‘ynayotganiga qaramay Emeri qo‘li ostida o‘z o‘yinini ancha kuchaytirib borayotganlardan biri.

«Uning futbolchilar bilan munosabati juda yaxshi va u doim bizga dalda bo‘lishga harakat qiladi. U mashg‘ulotlar vaqtida sizning o‘sishingizga yordam beradigan ko‘p narsalarni talab qiladi.» – deya ta’kidladi ESPN ga bergan intervyusida.

«U biz bilan ko‘p gaplashishni yoqtiradi. U futbol uchun 24 soat ishlaydi va haqiqiy professional. Bu futbolchi uchun katta yordam boisi u o‘yinning bizga asqotadigan barcha jabhalarini o‘rganishga harakat qiladi.»

Djaka o‘tgan mavsumda oddiy xatolar va himoyalanishda yo‘l qo‘yadigan xatolari uchun jiddiy tanqid qilingandi. Biroq u yangi mavsumda yangi sherigi Lukas Torreyra bilan yaxshiroq o‘yin namoyish qilmoqda.

Emeri «Sevilya»da futbolchilarning o‘yinini ancha kuchaytirgani tufayli obro‘ga ega. Uning qo‘li ostida Reyes va Ever Banegalar yirik muvaffaqiyatlarga erishgandi.

Emerining otasi, bobosi va amakisi professional futbolchilar bo‘lishgan va uning futbolga bo‘lgan ishtiyoqi bejiz emasligini ko‘ramiz.

«Arsenal»ning o‘yindan oldingi video-tahlillari bilan shug‘ullanuvchi Viktor Manas ham asosiy jamoaning ishini ancha osonlashtirmoqda.

Maydondan tashqarida futbolchilar mashg‘ulotlardan keyin darhol tamaddi qilib olishlari shart. Bu yo‘qotilgan energiyani to‘ldirishi va mushaklarning jarohat olishini kamaytiradi. Bu borada ham yozda bir qator ishlar amalga oshirilgan.

Bekorga klub Emerining istaklarini ro‘yobga chiqarayotgani yo‘q. U klub akademiyasining barcha murabbiylari bilan ham yaqindan gaplashadi. U «Arsenal» futbol akademiyasi yoshlari rivojlanishiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

«Men u bilan (Emeri) har hafta gaplashib turaman» – deydi o‘smirlar jamoasi murabbiyi Freddi Lyunberg – «Biz juda yaqinmiz. U mening ishimga katta yordam bermoqda. Biz ayni futbol uslubiga egamiz. Bu shogirdlarimga asosiy tarkib bilan mashg‘ulot olib borish imkoniyatini bermoqda.»

Qattiq mehnat qilish o‘yinning maqsadi. «To‘pchilar» har kuni mana shu jihatni shakllantirib bormoqda. Yozgi noumidsizlikdan keyin klub nihoyat yana Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishi va ichki chempionatni yutib olish uchun qator imkoniyatlarga ega bo‘lib oldi.

Albatta yanada ko‘prog‘i kelishi mumkin. «Arsenal» qattiq mehnat qilish orqali yana futbol tarixida shonli sahifalarni qayta yozishi mumkin.

Erkinjon G‘aybullayev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:00, 02.11.2018.
O'qildi: 6052 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.