Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Og‘ir atletika. Ergashev yoshlar o‘rtasida jahon rekordini yangiladi

Og‘ir atletika. Ergashev yoshlar o‘rtasida jahon rekordini yangiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqada -61 kg vazn toifasida erkaklar o‘rtasida «A» guruhi bahslari o‘tkazildi. Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Adhamjon Ergashev himoya qildi. Hamyurtimiz musobaqada dast ko‘tarishda 136 kg., siltab ko‘tarishda esa 157 kg. tosh ko‘tardi. Umumiy hisobda 293 kg. natija ko‘rsatgan Adhamjon jahon chempionatida oltinchi o‘rinni egalladi.

Dast ko‘tarishdagi 136 kg. natija orqali 19 yoshli hamyurtimiz yoshlar o‘rtasidagi rekordni yangiladi. Polvonimiz ushbu natijani kattalar o‘rtasidagi musobaqada qayd etgan bo‘lsada, jahon chempionatida bunday toifadagi rekordlar ham alohida inobatga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Ergashev shu yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dast ko‘tarishda 135 kg., siltab ko‘tarishda 160 kg., umumiy hisobda 295 kg. natija bilan jahon chempioni bo‘lgandi.

Shu o‘rinda muxlislarimizni qiziqtirayotgan yana bir ma’lumotni eslatib o‘tmoqchimiz. Musobaqada g‘oliblik uchun asosiy da’vogar hisoblangan sportchilarimiz Ruslan Nurutdinov (-109 kg.) va Rustam Djangabayev (+109 kg.) mos ravishda 9 va 10 noyabr kunlari supachaga chiqadilar.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 08:26, 04.11.2018.
O'qildi: 4302 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.