«Yuventus» prezidenti Andrea Anyelli A seriyaning 11-turida bo‘lib o‘tgan «Kalyari»ga qarshi o‘yinda (3:1) hujumchi Krishtianu Ronalduga esdalik sovg‘asini topshirdi. Portugaliyalik futbolchi klub xo‘jayinidan "Yuve"ning 400-raqamli futbolkasini qabul qilib oldi.
Portugaliyalik o‘yinchi Yevropaning kuchli beshlik milliy chempionatlarida 400ta gol urgan ilk futbolchiga aylangani sharafiga shunday hadyaga munosib topildi.