Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Fabio Kapello: «Kokorin Rossiya termasida muammo chiqarmagandi»

Fabio Kapello: «Kokorin Rossiya termasida muammo chiqarmagandi»

Baho:
+ | -

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello «Match TV» kanaliga intervyu berib, suhbat chog‘ida turli mavzular yuzasidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Rossiya futbolida bo‘layotgan voqealarni kuzatib borasizmi?

— Internet va gazetalar orqali asosiy xabarlardan voqif bo‘lishga harakat qilaman. Rossiya futbol olami vakillari bilan hamon muloqot qilyapman.

— Demak, Kokorin va Mamayevning qilgan ishlaridan xabaringiz bor ekan-da? O‘z vaqtida siz Kokorinni Rossiyaning eng iqtidorli futbolchilaridan biri, deb atagandingiz...

— Eh, Kokorin, Kokorin, nimalar qilib qo‘yding? Eshitib karaxt bo‘lib qoldim. Albatta, u va Mamayevning qilgan ishlari Italiyagacha yetib bordi. Hech aqlimga sig‘dirolmayapman.

— Rossiya terma jamoasini boshqarganingizda, Kokorin ishtirokida mojarolar bo‘lganmi?

— Hamma gap shunda-da, hech qanday muammo tug‘ilmagandi. U juda iqtidorli yigit. Ishida umuman kamchilik bo‘lmagan. Agar o‘shanda «Daraxt­ga chiq!» desam, indamay chiqib ketaverardi. Kokorin hamisha o‘zini professional tarzda tutgan. Iqtidori tufayli yuksak marralarni zabt etishi mumkin edi. Lekin...

— Gap nimada?

— Iqtidorli futbolchining yonida aqlli agent yoki yurist bo‘lishi kerak. Bunday yoshdagi futbolchilar katta pul ishlashni boshlashsa, ob’ektiv muammolarga duch kelishadi. Agar o‘sha payt uni tiyib turadigan odam bo‘lmasa, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi mumkin. Kokorinning atrofida shunday inson bo‘lmagan. Hozir ham yo‘q. Juda afsusdaman.

— Kokorin va Mamayev nafaqat futbol bilan xayrlashishadi, balki qamoq jazosiga tortilishlari mumkin.

— Ularni jazolash yoki jazolamaslik qonun ixtiyorida. Yigitlar qilgan ishlari uchun jazolanishlari lozim. Endi ular nima qilib qo‘yishganini tushunayotgan bo‘lsalar kerak. Aslida, qamoq jazosi berilmasligini istardim. Chunki bu Kokorin va Mamayev uchun katta zarba bo‘ladi. Vaziyat og‘irligini tushunib turibman, lekin ularning qamoqdan qutulib qolishlarini istayapman. Ayni payt panjara ortida vaqtinchalik o‘tirishgani saboq bo‘lsin.

— Kokorin haqida ko‘p gapirdingiz, Mamayevni qanday eslaysiz?

— Iqtidor borasida Kokorinning yoniga ham yaqinlasha olmasdi. Lekin terma jamoaga chaqirilibdimi, demak yomon futbolchi emas. U bilan bog‘liq alohida voqealarni eslay olmayman.

— Faoliyatingiz davomida ko‘plab jarayonlar guvohiga aylangansiz. Italiya futbolida ham Kokorin va Mamayev bilan bo‘lgani kabi voqealar uchraganmi?

— Yo‘q, aynan shunday holatni eslay olmayman. To‘g‘ri, turli voqealar bo‘lgan. Ammo bunaqasi emas.

— Dzyubaning harakatlari ma’qul kelyaptimi?

— Afsuski, mening davrimda u Rossiya terma jamoasi safida o‘zini ko‘rsata olmagandi. Lekin hamisha Dzyubaning ko‘p narsaga qodir ekanligiga ishonardim. Uning jahon chempionatida ajoyib o‘yin ko‘rsatganidan xursandman. Mundialdan keyin «Zenit»­da ham yaxshi to‘p surmoqda. Bravo! Mana, shunday tartibda o‘z ustida ishlash kerak. Har qanday yoshda o‘sish mumkin. Italiya va boshqa mamlakatlarda Yevropa Ligasi o‘yinlarini olib ko‘rsatishadi. Shunday ekan, Dzyuba «ko‘hna qit’a»da o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

— Umuman olganda, Sergey Semak boshchiligidagi «Zenit» haqida qanday fikrdasiz? U siz bilan terma jamoada birga ishlagan.

— Nafaqat Semak, balki Simutenkov va Nizeliklar ham men bilan terma jamoada birga bo‘lishgan. Menimcha, ular joriy mavsum Rossiya chempionatida g‘olib chiqishga qodirlar. Jamoa haqli ravishda birinchi o‘rinda bormoqda va uni qo‘ldan chiqarmasa kerak.

— Lekin o‘tgan mavsum «Zenit» peshqadamlikni boy bergandi. Vaholanki, barcha chempionlik cho‘ntakda deb hisoblagandi.

— Bunday holat yana takrorlanadi, deb o‘ylamayman. Tarkibga e’tibor beradigan bo‘lsak, «Zenit» Rossiya chempionatida o‘tgan yili ham g‘oliblikni qo‘lga kiritishi kerak edi. Endi imkoniyatidan unumli foydalanadi. Men Semakka ishonaman.

— Yaqinda hamyurtingiz Massimo Karrera «Spartak»ni tark etdi...

— Murabbiylik kasbi o‘zi shunaqa. Istalgan vaqtda lavozimingizni boy berishingiz mumkin. Bunday holatga barcha mutaxassislar tushishadi. Massimo Rossiyada Italiya murabbiylik maktabini yaxshi tomondan namoyish qildi.

A.ISROILXONOV tayyorladi 

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:08, 06.11.2018.
O'qildi: 3642 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.