Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

O‘zPFL: 2019 yilda shartnomalar masalasi jiddiy nazoratda bo‘ladi.

O‘zPFL: 2019 yilda shartnomalar masalasi jiddiy nazoratda bo‘ladi.

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun klublarni lisenziyalash talablariga jiddiy e’tibor qaratadi. Bunda tashkilot birinchi navbatda klublarning futbolchi va murabbiylar bilan tuziladigan shartnomalariga o‘z e’tiborini qaratadi.

Yillar davomida ayrim klublar bosh murabbiyni iste’foga chiqarsa, uning ortidan bir qator futbolchilar ham jamoani tark etib kelgan. Klublar futbolchilar bilan shartnomalar masalasiga jiddiy e’tibor qaratmagan. Ayrim holatlarda futbolchilar klubdan o‘z haqlarini ola bilmagan, ba’zida esa aksincha, futbolchilar o‘zboshimchalik bilan klublarni tark etgan. Shu yilning o‘zida PFL bu kabi yuzdan ziyod mojaroli vaziyatlarni o‘rganib chiqishga majbur bo‘ldi. 

2019 yildan bu kabi ishlarga barham beriladi. Shartnomalar tuzishda murabbiy ta’sir kuchiga ega bo‘lishi mumkin, biroq uning bekor bo‘lishi, o‘zgarishi, moliyaviy tomonlari yoki murabbiyning chekiga tushmaydigan boshqa bandlariga ular aralashmaydi, murabbiylar o‘z funksiyalari uchun javob beradi. Shu maqsadda PFL davlat korxonalari, hokimliklar va davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublariga FIFA talablari asosida ishlab chiqilgan bir xil ko‘rinishdagi shartnomalar tarqatadi. Klublarning futbolchi va murabbiylar bilan tuzilayotgan shartnomalari qanchaga mo‘ljal qilingani borasidagi ma’lumotlar barcha uchun ochiq bo‘ladi. Shartnomalarning buzilish holatlari PFL tomonidan jiddiy nazorat qilinadi.   

Undan avval esa PFL klublari uchun mazkur masala yuzasidan seminar o‘tkaziladi. Ma’lumki, har yili yangi qoidalar, nizomlar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Zamonaviy futbolning o‘sishi bilan birgalikda, uning atrofidagi yuridik jihatlar ham mos ravishda ildamlamoqda.

Professional klublar hamda futbolchilar o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari har doim ham futbol qoidalari va normativlariga to‘la javob beravermasligidan kelib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish, o‘zbek futbolida yuridik talab-qoidalarning ustuvorligini ta’minlash, huquqiy bazaning ishlashiga erishish maqsadida O‘FA tomonidan 18 noyabr kuni maxsus seminar tashkil etiladi.  

Seminarda Superliga va Pro-liga klublarining sport direktorlari, lisenziyalashtirish bo‘yicha menejerlar ishtirok etib, sohadagi so‘nggi yangiliklar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi. O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirig‘i bilan tashkilotning xavfsizlik masalalari bo‘yicha bo‘limi mutaxassislari San’at Sharipov bilan birgalikda sentyabr oyida Moskvada bo‘lib, yuqoridagi masala bo‘yicha bir qator uchrashuvlar o‘tkazgandi. 18 noyabr kungi seminarda endilikda Rossiya futbol ittifoqining huquqiy masalalar bo‘yicha mas’ul shaxslari ma’ruza o‘qiydi. Bu orqali mutaxassislarda seminar mavzu va mohiyatini tushunishda til borasida muammo bo‘lmaydi. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:03, 07.11.2018.
O'qildi: 2465 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.