Osiyo futbol konfederasiyasi 2019 yilning 5 yanvra - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi musobaqasiga taklif etilgan hakamlar, yordamchi hakamlar va boshqa rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Osiyo Kubogida ishlash uchun O‘zbekistondan referilar Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev, shuningdek, referi assistentlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov taklif etilishgan. Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz Farhod Abdullayev musobaqada hakamlar instruktori sifatida faoliyat yuritadi.
O‘zbekistonlik hakamlardan tashqari Osiyo Kubogida ishlash uchun Avstraliya, Bahrayn, Xitoy, Gonkong, Eron, Iroq, Iordaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Ummon, Qatar, Singapur, Shri-Lanka, BAAdan ham hakamlar taklif etilgan.
«Real»ning insaydlarni hisobga olgan holda tuzilgan tarkibini ko‘rdingizmi? [3490]
Jorje Mendesh Barselonaga keldi [3186]
“Real” Rodri haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi [3097]
Rasman: «Manchester Siti» 135 million yevrolik transferni e’lon qildi [2920]
JCH-2026 o‘yinlari kelishilgan bo‘lishi mumkin [2236]
“Barselona” “Al-Hilol”dan hujumchi sotib olishi mumkin [2132]
«Real» 2026/27 yilgi mavsum uchun to‘q yashil rangli mehmon libosini namoyish etdi (foto) [1916]
Mourinyo «Real» yarim himoyachisini «Manchester Yunayted»ga qo‘yib yuborishga tayyor [1831]













