Kirish Ro'yxatdan o'tish

Toshkentda sport tibbiyotiga bag‘ishlangan katta xalqaro konferensiya boshlandi

Toshkentda sport tibbiyotiga bag‘ishlangan katta xalqaro konferensiya boshlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berib o‘tganimizdek, 8-9 noyabr kunlari Toshkent shahri «Sport tibbiyotining dolzarb muammo va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qilmoqda.

Bugun ana shu yirik xalqaro konferenasiya o‘z ishini boshladi. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan, Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilayotgan ushbu tadbir poytaxtimizdagi «City Palace» mehmonxonasida o‘tkazilmoqda.

Tadbirni Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbari Abdushukur Sodiqov ochib berdi. So‘ngra O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov so‘zga chiqdi va O‘zbekistonda sport tibbiyotining rivojlanishida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining o‘rni beqiyos ekanligi, mazkur konferensiya o‘zaro fikr almashish, tajriba orttirish yo‘lida o‘ziga hos axborot maydoni bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Toshkent davlat stomotologiya universiteti rektori Jasur Rizayev ham sport tibbiyoti rivoji yo‘lida bir qator muhim ishlar amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi.

So‘ngra tadbirning martabali mehmonlari tomonidan ma’ruzalar boshlandi. Avvaliga markaz direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdushukur Sodiqov «O‘zbekistonda sport tibbiyotining kecha va buguni» mavzusida chiqish qildi. So‘ngra Rossiyadan tashrif buyurgan taniqli akademik, MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari sport tibbiyoti vrachlari assosiasiyasi prezidenti Boris Polyayev Rossiya sport tibbiyotining hozirgi zamon yutuqlari haqida gapirib berdi.

Yaponiyalik olim, 2020 yilgi Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari tashkiliy hay’yat a’zosi Ishida Xiroyukining «Sportda to‘satdan o‘limni oldini olish strategiyasi» mavzusidagi ma’ruzasi yig‘ilganlarda katta qiziqishga sabab bo‘ldi.

Konferensiya davomida yana bir qator muhim mavzulardagi chiqishlar, master-klasslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:25, 08.11.2018.
O'qildi: 1898 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.