Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Umid Ahmadjonov MOQda Tokio 2020 o‘yinlari tashkiliy hay’at a’zosi bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov MOQda Tokio 2020 o‘yinlari tashkiliy hay’at a’zosi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, poytaxtimizda sport tibbiyoti bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yirik tadbir davomida Toshkentga bir qator martabali mehmonlar tashrif buyurganlar. Ular orasida Tokio Olimpiadasining tashkiliy hay’ati a’zosi, KEIO sport tibbiyoti universiteti professori Xiroyuki Ishida ham bor.

Ushbu konferensiya doirasida bugun professor Ishida Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Mehmon bilan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Bosh kotib Jasur Matchanovlar uchrashuv o‘tkazishdi.

«Sizni O‘zbekistonda yana bir marotaba ko‘rib turganimizdan xursandmiz. O‘zbekiston Tokio Olimpiadasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu yo‘lda strategiya ishlab chiqqanmiz. Rejalarimiz amalga oshsa biz lisenziya va medallar bo‘yicha rekordimizni yangilaymiz», – dedi Umid Ahmadjonov.

O‘z navbatida mehmon yana O‘zbekistonda ekanligidan mamnunligini aytib o‘tdi.

«Yana bir marotaba O‘zbekistonga kelganimdan xursandman. Yaponiya ham 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Umid qilamizki, O‘zbekiston ushbu o‘yinlarda muvaffaqiyatli ishtirok etadi. Bu borada qanday yordam kerak bo‘lsa, ko‘rsatishga tayyormiz», – dedi janob Ishida.

Uchrashuv davomida tomonlar Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonida hamkorlik qilish, bir qator tashkiliy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Tadbir so‘nggida Umid Ahmadjonov an’anaga ko‘ra mehmonga O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan esdalik sovg‘asini taqdim etdi.

Kiritildi: 18:32, 08.11.2018.
O'qildi: 2048 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.