Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Qozog‘istonlik futbolchi “Barselona” bilan shartnoma imzoladi

Qozog‘istonlik futbolchi “Barselona” bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik 13 yoshli futbolchi Karim Mendikanov faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida davom ettiradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, Sports.kz xabar berdi.

2011 yilda tug‘ilgan qozog‘istonlik vinger kataloniyaliklar bilan rasman shartnoma imzolagan va jamoaga kelasi mavsumdan qo‘shiladi.

“Mendikanov Ispaniyaga 2022 yilda kelgan va Katalon futbol tizimida tahsil olgan. O‘tgan mavsumda u ‘Serdanyola’ klubi safida mintaqaviy ligada debyut qilgan bo‘lsa, joriy mavsum boshida ‘San-Kugat’ jamoasiga o‘tib, uning yetakchisiga aylandi. O‘ng qanot vingeri sifatida to‘p suradigan futbolchi o‘zining tezligi, driblingi va golli uzatmalari bilan Ispaniya La Ligasining bir nechta klublari skautlari e’tiboriga tushgan”, deyiladi manbada.

Yakunda yosh iqtidor “Barselona” taklifini qabul qilishga qaror qilgan. Ma’lum qilinishicha, Mendikanov yangi jamoasiga moslashish uchun klubning yoshlar tarkibi bilan bir nechta mashg‘ulotlarni ham o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Karim Mendikanov “Barselona” tuzilmasi bilan shartnoma imzolagan ilk qozog‘istonlik futbolchi sifatida tarixga kirgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:50, 01.04.2026.
O'qildi: 2248 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик