Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Score 90 portali O‘zbekistonning JCHda guruh g‘olibi bo‘lish ehtimolini baholadi (foto)

Score 90 portali O‘zbekistonning JCHda guruh g‘olibi bo‘lish ehtimolini baholadi (foto)

Baho:
+ | -

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etuvchi barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Ushbu mundialda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor qatnashadi.

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi “oq bo‘rilar” qur’a natijalariga ko‘ra “K” guruhidan joy oldi. Ushbu guruhda O‘zbekiston Portugaliya, Kolumbiya hamda Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

Score 90 nashri mundial ishtirokchilarining guruh bosqichidagi imkoniyatlarini baholadi. Unga ko‘ra, “K” guruhida Portugaliya 1-o‘rin bilan pley-offga yo‘l olish uchun asosiy favorit sifatida ko‘rilmoqda. Krishtinu Ronaldu boshchiligidagi “Evropa Braziliyasi”ning guruhdan chiqish ehtimoli 64 foizga baholangan. Kolumbiya esa 32 foizlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.

Guruhning yana bir vakili – Kongo jamoasining imkoniyatlari 3 foizga teng deb topilgan. Portal e’lon qilgan ma’lumotda O‘zbekiston terma jamoasida guruh g‘olibi bo‘lish ehtimoli 2 foiz ekani qayd etilgan.



Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi turnirdagi ishtirkini 18 iyun kuni Meksikadagi “Asteka” stadionida Janubiy Amerikaning grand jamoalaridan biri Kolumbiyaga qarshi boshlaydi. 2-turdagi Portugaliyaga qarshi bahs 23 iyun kuni AQSHdagi “Xyuston” stadionida hamda qit’alararo pley-off orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Kongo bilan o‘yin esa 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi va 19 iyulga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, ushbu turnir 48 ta davlat ishtirokida va uchta davlat mezbonligida o‘tadigan tarixdagi birinchi mundial hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:14, 01.04.2026.
O'qildi: 16726 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик