Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis 0-0 Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma 1-0 Jenoa
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Kelishilmagan boykot

Kelishilmagan boykot

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mulohazalarimiz avvalida bir ma’lumotga e’tiboringizni tortmoqchimiz: Pro-liga 32-turidan o‘rin olgan «Labsa» - «Lokomotiv BFK» uchrashuvini 27 nafar muxlis tomosha qilibdi. Yo‘q, siz xato o‘qimadingiz, biz noto‘g‘ri yozmadik: aynan 27 nafar! Statistik ma’lumotlarda shu raqam qayd etilgan.

Pro-liganing yana bir qancha bahslari qaydnomasiga nazar tashlasangiz, tomoshabinlar soni, nari borsa, 70-80 nafar bo‘lganini ko‘rasiz. Faktlar o‘jar va ularni tan olishga majburmiz. Ikki mahalla, hattoki, sinf o‘rtasidagi o‘yinda ham tomoshabinlar soni bundan ortiq bo‘lishi hech kimga sir emas.

Sulolamiz vakillari hozir rasman Mamatvaliyev yoki Qo‘ymurodov familiyasini tanlashadi. Vaqti-vaqti bilan shu ikki familiya ostidagi nabiralarning do‘stona uchrashuvi o‘tkaziladi.

Tabiiyki, qarindosh-urug‘lar va tanish-bilishlardagi qiziqish sabab, bir sulola doirasida ketadigan sarkash bahslarning tomoshabinlari soni Pro-liga jamoalari havas qiladigan darajada oshib ketadi. Boshqacha aytganda, xalqimiz futbolni yaxshi ko‘radi va bu xulosa - barchaga ayon aksioma.

Xo‘sh, bu holda nima uchun Superliga va Pro-liga uchrashuvlarini tomosha qiladigan muxlislar soni tobora kamayib ketmoqda? Qishlog‘imiz Peshqo‘rg‘onda «Bozorboshi» va «Uzunko‘cha» jamoalari kuch sinashsa, hech qanday reklamasiz 1000 nafardan ziyod kishi 22-maktab stadioniga to‘planadi.

Ikki mahalla o‘rtasidagi bahsning qaysi jihati tomoshabinlarni qiziqtiradi? Garchi «intriga» mavjud bo‘lsada, «Paxtakor» - «Navbahor» uchrashuvini poytaxtlik muxlislar nima sababdan e’tiborsiz qoldirishdi? Ulkan stadionda bir hovuch muxlisni ko‘rish naqadar ayanchli?! Futbolimizga nima bo‘lyapti o‘zi? Muxlislar nega Superliganing markaziy o‘yinlarini ham stadionda tomosha qilishga qiziqmay qo‘yishdi?

Joriy mavsumning yakuniy qismiga kelib, stadionlarga tomoshabinlar tashrifi kamayishi chempionat formatining o‘zgarishi bilan bog‘liqmi? Avvalgi mavsumlarda poytaxt stadionlari tomoshabinlar bilan to‘lib-toshganmidi? Superliganing «Oltin ochko» qoidasi ta’sirida o‘tkazilayotgan hal qiluvchi bosqichida «intriga» yaqqol ko‘rinib turgan uchrashuvlar soni tomoshabinlarni qiziqtirmaydigan darajada ozmi? Xususan, o‘tgan mavsumga solishtirsak, bu nisbat qanday ko‘rinish oladi?

O‘ylaymizki, zukko muxlislarda yuqoridagi savollarning adolatli javoblari mavjud. Aniqrog‘i, savollarning o‘zida haqqoniy javoblar bo‘y rostlab turibdi. «Intriga»ga boy o‘yinlar bu mavsum har qachongidan ko‘p kuzatilayotgani - inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat. Buning uchun «Paxtakor» va «Navbahor» mavsum davomida o‘zaro 4 marotaba uchrashganini eslash kifoya. Aynan «Oltin ochko» qoidasi sabab, «Navbahor» uchinchi davrada Superliga havosini biroz yangiladi.

Aslida ham, chempionat formatini o‘zgartirishdan bosh maqsad futbolimizning biqiq muhitida o‘zgacha havo yuzaga kelishini ta’minlash edi. Fikrimizcha, ko‘zlangan maqsadga qisman erishildi, ya’ni poytaxt jamoalarining oshkora «gegemoniya»siga «Navbahor» birmuncha xalaqit berdi. Agar «lochinlar» ichki muhitida muammolar tug‘ilmaganida, bu «xalaqit»ning kuchi yaqqol sezilardi.

Afsuski, uyning gapi har doim ham ko‘chaga to‘g‘ri kelavermaydi. Balki shuning uchundir jamoa Bekobodda «Metallurg» ustidan g‘alaba qozonolmadi va o‘zi uchun o‘ta zarur 3 ochkoni yo‘qotdi. Albatta, «Metallurg» ham anoyi jamoalardan hisoblanmaydi. Bekobodliklar Superliganing yakuniy bosqichidagi ikki to‘qnashuvda «Nav­bahor»dan qimmatli 5 ochkoni o‘zlashtirishdi.

Chakki emas-a?! Bekobodliklarning bu ishi qaysi jamoani ko‘proq zavqlantirdi? Ha, o‘lmang, «Paxtakor»ni! «Navbahor» deylik, «Metallurg»dan 6 ochko tortib olganida, turnir jadvalidagi vaziyat hozir qanday bo‘lardi? Izohga hojat yo‘q! Shu ma’noda «Paxtakor» raqobatchilari «jig‘iga tegib» turishi uchun Superligaga «Metallurg» kerak.

«Navbahor» esa OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun nainki «Paxtakor» bilan tengma-teng kurashishi, balki «Metallurg»ni 6 ochkodan mahrum qilishi shart edi. Shu ishni uddalamadimi, demak, ayb jamoaning o‘zida. «Metallurg» aynan «Paxtakor» foydasi uchun «Lokomotiv»dan ham ochko tortib olishga astoydil urindi. Mazkur maqsad yo‘lida «temiryo‘lchilar»ni rosa qiynadi. Andrey Fyodorov shogirdlari Javohir Ilyosov darvozasiga arang bir bora to‘p yo‘llashgani fikrimiz isbotidir.

Xullas, «Metallurg» - «intriga»ga boy bir necha uchrashuvlar sababchisi. Jamoaning «Paxtakor» manfaatlari yo‘lidagi qahramonligi - Superligadagi «intriga»lar manbai. Bundan ko‘z yumolmaymiz. Ammo «sherlar»ga «tekin ochkolar» tuhfa qilishini ham unutolmaymiz. Unutish mumkin emas ijtimoiy tarmoqlarda futbol «til»i bilan isbotlangan bunday ko‘r-ko‘rona kelishuvchanlikni!

Bunday yondashuv oldida «Metallurg»ning yuqorida tilga olingan foydalari - Superliga uchun zarur «intriga»larni yuzaga keltirishdagi xizmatlari ko‘zga ko‘rinmaydi. Shu kelishuvchanlik bois, muxlis biz tushuntirmoqchi bo‘layotgan, go‘yo muvozanat saqlayotgandek tuyulsa-da, mohiyatan adolatsiz tarozini jahl bilan uloqtirib yuboradi va «sherlar» sha’niga xolis-noxolis so‘zlarni aytaveradi.

Muhtaram muxlis! Nihoyat, muammolar kalavasi uchini topdik. Demoqchimizki, Superligadagi bugungi vaziyat ko‘p jihatdan «Paxtakor» va «Metallurg» munosabatlariga aloqador. To‘g‘ri, avvalgi mavsumlarda ham muxlislarning stadionlarga tashrifi og‘riqli muammo sanalardi. Biroq bu mavsum boshida vaziyat ancha yaxshilangandi.

«Buxoro» - «Paxtakor» uchrashuvidan so‘ng mezbonlarning juda og‘ir moliyaviy jazolanishi esa ijobiy o‘zgarishlarni izdan chiqardi. Agar «Qo‘qon-1912» kuchli oltilikka kirganida, «Paxtakor»ning ahvoli tang bo‘lishi sezilib qolgach, mavsum o‘rtasida «Oltin ochko» qoidasini bekor qilish masalasi ko‘tarildi hatto...

PFLning bu taklifi jamoatchilikning jiddiy qarshiligiga uchragach, «Metallurg» kuchli oltilikka kirdi. Kirdimi yoki kiritildimi? Shunga sharoit yaratildimi? Superliga bahs­larida stadionlarga tomoshabinlar tashrifi kamayishining bosh sababi shu savollarning adolatli javobida mujassam.

Biz bu o‘rinda poytaxt jamoalaridan biri ortiqchaligi masalasi bemavrid ko‘tarilgani xususida to‘xtalmayapmiz. Muxlislar kamligi muammosi chempionat formati bilan emas, balki ishonchning yo‘qolgani bilan izohlanadi.

Ta’bir joiz bo‘lsa, futbolimiz muhitida muxlislarning Superligaga nisbatan «kelishilmagan boykot»i hukm surmoqda. Superliga ayni chog‘da muxlislarning ayovsiz, ammo adolatli sanksiyasidan azoblanmoqda.

Qarang, tog‘larning muxlisi bo‘lgan traktorchi Normat uchun format ahamiyatsiz ekan... 

Muhammad VALI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:17, 10.11.2018.
O'qildi: 4820 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.