Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Shou-biznesdan ustun yoki yana Ronalduning mashhurligi xususida

Shou-biznesdan ustun yoki yana Ronalduning mashhurligi xususida

Baho:
+ | -

FUTBOL VAKILI KRISHTIANU RONALDU «INSTAGRAM» O‘LCHOVI BO‘YICHA DUNYONING ENG MASHHUR SHAXSI. Ha, portugaliyalik hujumkor o‘yinchi «Instagram» tarmog‘idagi mashhurlik bobida shou-biznes olami yulduzlaridan o‘zib ketdi. Ushbu ijtimoiy tarmoqda Braziliya terma jamoasi va «PSJ» klubi a’zosi Neymarning obro‘si ham ancha baland.

Aniqroq aytsak, Portugaliya milliy termasi va «Yuventus» klubi bosh yulduzi Krishtianu Ronaldu «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida obunachilari sonini rekord darajada ko‘paytirib, pop-xonanda Selena Gomesni umumiy reytingda ikkinchi qatorga surdi. Hozirda 33 yoshli futbolchi tarmoqda 144 million 330 mingdan ko‘p «mijoz»ga ega. Xullas, Ronaldu amerikalik barcha yulduzlardan oldinda. Qarang, Ariana Grande va Kim Kardashyan ham, Beyonse ham Krishtianudan ancha orqada. Faqat erkaklarni olsak, futbolchi «Instagram» olamida ta’qibchilaridan misli ko‘rilmagan farq bilan oldinda. E’tibor bering, Krishning bu boradagi eng yaqin ta’qibchisi - Dueyn «Skala» Jonson 119,5 million obunachi bilan cheklanmoqda. Futbolchilar orasida 2-o‘rin Neymar (104,6 million obunachi)ga tegishli., Lionel Messi esa atigi 3-pog‘onada (100,2 million obunachi). Ha, Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi raqobatda argentinalik yulduzni osongina yengmoqda.

«Instagram»da eng ko‘p obunachiga ega mashhurlar

Foydalanuvchi

Kasb yo‘nalishi

Mamlakat

Obunachilar soni

Krishtianu Ronaldu

Futbolchi

Portugaliya

144 336 300

Selena Gomes

Xonanda

AQSH

144 319 900

Ariana Grande

Xonanda

AQSH

132 338 800

Kim Kardashyan

TV-yulduz

AQSH

120 011 200

Beyonse

Xonanda

AQSH

119 597 000

Dueyn Jonson

Aktyor

AQSH

119 529 200

Kayli Jenner

TV-yulduz

AQSH

117 849 700

Teylor Svift

Xonanda

AQSH

112 731 700

Neymar

Futbolchi

Braziliya

104 653 600

Jastin Biber

Xonanda

AQSH

102 545 200

«Instagram» olamidagi eng mashhur 10 nafar sportchiga qarasak, futbol vakillari juda ko‘p. Oddiy aytganda, top-10ga boshqa sport turlaridan birgina basketbol  yulduzi Lebron Jeyms suqulib kirgan, xolos. Shuning o‘ziyoq futbolning maqomidan dalolat. Qisqasi, millionlar o‘yini - yer yuzidagi eng ommaviy va birinchi raqamli sport turi. Gap bo‘lishi mumkin emas.

«Instagram»da eng ko‘p obunachiga ega sportchilar

Foydalanuvchi

Kasb yo‘nalishi

Mamlakat

Obunachilar soni

Krishtianu Ronaldu

Futbolchi

Portugaliya

144 336 300

Neymar

Futbolchi

Braziliya

104 653 600

Lionel Messi

Futbolchi

Argentina

100 262 700

Devid Bekxem

Futbolchi (sobiq)

Angliya

51 759 500

Lebron Jeyms

Basketbolchi

AQSH

44 079 800

Xames Rodriges

Futbolchi

Kolumbiya

40 347 500

Ronaldinyu

Futbolchi (sobiq)

Braziliya

38 128 800

Garet Beyl

Futbolchi

Uels

36 996 900

Zlatan Ibragimovich

Futbolchi

Shvesiya

35 404 500

Luis Suares

Futbolchi

Urugvay

30 452 200

Rossiyaliklar mavqei qanday? Hozirda Olga Buzova etakchi, lekin UFC chempioni Habib Nurmagomedov obunachilari safi yuqori tezlikda ko‘paymoqda. Jangchining o‘sish sur’atini nazarda tutib aytsak, teleyulduz joriy yil yakunigacha ham peshqadamlikni saqldab qololmasa kerak. To‘g‘ri, Buzova faqat Rossiya emas, balki butun sobiq ittifoq hududida mashhur. Lekin Nurmagomedov  jahon miqyosida tanilib ulgurdi. Ayniqsa, unga musulmon o‘lkalarida e’tibor kuchli. Shunday ekan, Habib yaqin orada Timati va Olgadan o‘zib ketsa, ajabmas.

«Instagram»da eng ko‘p obunachiga ega rossiyaliklar

Foydalanuvchi

Kasb yo‘nalishi

Obunachilar soni

Olga Buzova

TV-yulduz, xonanda

13 980 300

Timati

Xonanda

12 969 800

Habib Nurmagomedov

UFC jangchisi

12 951 300

Kseniya Borodina

TV-yulduz

11 888 100

Irina Sheyk

Model

10 869 200

Vera Brejneva

Xonanda

9 958 800

Anastasiya Ivleeva

TV-yulduz, bloger

9 698 700

Nastasya Samburskaya

Aktrisa

9 664 300

Yegor Krid

Xonanda

9 310 300

Anastasiya Kvitko

Model

8 979 600

Rossiyalik sportchilar orasida Habib Nurmagomedov Everest cho‘qqchisida bo‘lsa, qolganlar Ural tog‘larida... Ha, deylik, Mariya Sharapova ham jahon darajasidagi yulduz, biroq tennis vakilasi ayni holatda mashhurlik bobida Habib oldiga tusholmaydi, baribir. 3-o‘rin - «sensasiya». Rossiyaning o‘zida ham Zubayra Tuxugovni yaxshi tanishmasa kerak. Lekin u «Instagram»da top-yulduz: deyarli 2 million obunachisi bor. Nurmagomedovning Konor Makgregor bilan jangidan keyingi janjal Tuxugov mashhurligini oshishiga xizmat qildi. Eslatish joiz, aynan u oktagonga sakrab tushib, irlandga zarba berishga uringandi. Xo‘sh, Islom Maxachevkim? UFCning istiqbolli jangchisi va Habibning yana bir do‘sti. Zabit Magomedsharipov? Dog‘istonlik bu yigit yaqin kelajakda chempionlik kamariga da’vogarlik qilishi mumkin. Rossiyada reytingi eng yuqori sport turi sanaluvchi futbolga kelsak, uning vakillari «Instagram»da kavkazlik yakkakurashchilarga aslo bas kelolmayaptilar. Har holda, kuchli beshlikda birgina Artyom Dzyuba bor, xolos.

«Instagram»da eng ko‘p obunachiga ega rossiyalik sportchilar

Foydalanuvchi

Kasb yo‘nalishi

Obunachilar soni

Habib Nurmagomedov

UFC jangchisi

12 951 300

Mariya Sharapova

Tennischi

3 391 900

Zubayra Tuxugov

UFC jangchisi

1 931 600

Aleksandr Ovechkin

Xokkeychi

1 377 900

Artyom Dzyuba

Futbolchi

1 283 400

Islom Maxachev

UFC jangchisi

1 129 800

Zabit Magomedsharipov

UFC jangchisi

1 097 500

Dmitriy Tarasov

Futbolchi

914 800

Yevgeniya Medvedeva

Figurachi

692 400

Fyodor Smolov

Futbolchi

623 000

* Obunachilar soni har kuni o‘zgarib turishi bois, mayda raqamlar ko‘rsatilmagan.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 16:20, 10.11.2018.
O'qildi: 13460 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.