Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Hikmat Ergashev: «Qars ikki qo‘ldan chiqadi»

Hikmat Ergashev: «Qars ikki qo‘ldan chiqadi»

Baho:
+ | -

Pepsi Superliga 30-turi doirasidagi “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar”  ustozi Hikmat Ergashev va jamoa himoyachisi Akrom Komilov  ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

Hikmat Ergashev (“Bunyodkor” jamoasi murabbiyi): -  O‘yin ajoyib tarzda kechdi va barchaga manzur bo‘ldi. Boisi, har ikki jamoa ushbu bahsga puxta tayyorgarlik ko‘rgandi. “Navbahor” muxlislarning qo‘llab –quvvatlashlari ostida  yaxshi o‘yin namoyish etdi. Axir, aytishadiku, Namanganda Braziliya terma jamoasi ham yutolmaydi, deb.

Uchrashuv ancha qiziqarli tarzda kechdi, lekin jamoamizga biroz omad yetishmadi.

Bugungi hakamlikdan qoniqmadik. Boisi, qars ikki qo‘ldan chiqadi. Bizning darvozamizga 11 metrli jarima zarbasi belgilandi. Lekin Dilshod va Javlonning qo‘lidan tortib, yiqitilganda, hakamlar bunga e’tibor qaratishmadi. Shuningdek, Javlonning nega maydondan chetlatilganini  ham tushunmadim. U jamoa sardori va hakamning qaroriga e’tiroz bildirishga haqqi bor. Hakamlarni nazorat qiladigan qo‘mita bor va buni o‘zlari ko‘rib chiqishadi. Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Biz sovrindorlar safidan joy olish uchun  oxirigacha kurash olib boramiz. Hali oldinda yana  2ta tur bor. U yog‘ini esa vaqt ko‘rsatadi.

Bugungi o‘yinda mezbonlar tarkibida Azizbek Turg‘unboyev yaxshi o‘yin namoyish etdi.  

Matbuot anjumani Ergashev va Komilov   Akramjon Komilov (“Bunyodkor” jamoasi himoyachisi): -  Menimcha, bugungi o‘yin barchaga yoqdi. Birinchi bo‘limda ancha yaxshi o‘yin namoyish etdik. Lekin 2-bo‘limdagi birgina penalti bizni ruhan cho‘ktirib qo‘ydi.

O‘sha vaziyatda 11 metrli jarima zarbasi bormidi, yo‘qmidi, to‘g‘risi, aniq bilmadim, buni O‘FAdagilar ko‘rib chiqishadi. To‘g‘ri, Namanganda to‘p surish qiyin. Shunday bo‘lsa-da, biz mezbonlarga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qildik. Mabodo g‘alaba qozonganimizda, 3-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lardik.

Bugun birgina 11 metrli jarima zarbasi o‘yin taqdirini hal qildi. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga intilamiz. “Navbahor” jamoasiga ham keyingi bahslarda omad tilab qolaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.  

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:25, 11.11.2018.
O'qildi: 2885 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.